Lyutetsiy




Lyutetsiy (lot. Lutetium), Lu -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 71, atom massasi 174,967; lantanoidlart kiradi. Lyutetsiyni 1907-yilda fransuz kimyogari Lyutetsiy Urben kashf etgan. Tabiiy Lyutetsiy ikkita izotopdan tashkil topgan. 175Lu (97,40%) va 176Lu (2,60%); l76Lu radioaktiv (T|/2=2,4-10-10 yil). Birikmalarida 3 valentli, Massasi jihatidan yer poʻstidagi miqdori 8-10 ʻ%, dengiz suvlarida 1,210~6 mg/l. It-tiriy minerallari tarkibida uchraydi. Asosiy sanoat minerallari — ksenotim, evksenit, bastnezit. Lyutetsiy — kumush kabi oq, mexanik ishlovga oson beriladigan metall. Suyuqlanish temperaturasi =1660°, qaynash temperaturasi -3410°. Zichligi 9,85 g/sm3. Lyutetsiy birikmalaridan Lyutetsiy oksid Lu2O3, Lyutetsiy ftorid LuF3 va Lyutetsiy gidroksid Lu(OH)3 ahamiyatli boʻlib, ular issiqqa chidamli keramika, lazer materiallar va metall holdagi Lyutetsiy olishda qoʻllanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz