Lyunetta




Lyunet (frans, lunette), lyunetta — 1) meʼmorlikda — gumbaz yoki devor (eshik tepasi)dagi ravoqsimon darcha. L. xonani shamollatish uchun oynavandli qilinadi; oddiy ravoqsimon hoshiya, baʼzan naqsh va haykallar bilan bezatiladi; 2) mashinasozlikda — stanokda ishlov beriladigan uzun, ingichka zagotovkalarni qoʻshimcha ushlab turadigan qurilma. Bunday L. zagotovkani oʻz ogirligi va keskichning bosimi taʼsirida egilishidan hamda titrashdan saqlaydi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz