Lyumyer Lui Jan




LYUMYER (Lumiere) Lui Jan (1864.5.10, Bezanson — 1948.6.6, Bandol) — fransuz kinematografiya ixtirochisi. Fransuz Fanlar akademiyasi aʼzosi (1919). Sanoat maktabini tugatgan, otasiga qarashli fotomateriallar fabrikasida ishlagan. 1895-yilda akasi Ogyust (1862— 1954) bilan birga "harakatlanuvchi fotografiyalar"ni suratga olish va ekranga proyeksiyalash apparati (kinematograf) tuzilmasini ishlab chiqqan. Shu apparati bilan suratga olingan kino-programmani birinchi marta Parijda 1895-yil dekabrda namoyish etgan. 1898-yildan kinotexnika bilan shugʻullangan. L. hajmiy va rangli kinoga olish va namoyish qilishni tadqiq qilgan. Fransiyada har yili eng yaxshi hujjatli film uchun L. nomli mukofot taʼsis etilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz