Lyuksemburg Ayollar 1-Ligasi
Lyuksemburg ayollar 1-ligasi (Lyuksemburg tilida:
Dames Ligue 1 ) Lyuksemburgning ayollar futboli boʻyicha eng yuqori darajadagi ligadir.
Lyuksemburg ayollar 1-ligasida yillar davomida (odatda sakkiz yoki oʻnta) jamoalar soni har xil boʻlgan va 2019-2020-yilgi mavsumda Lyuksemburg ayollar 1-ligasida chempionni aniqlash uchun bir-biri bilan ikki marta oʻynaydigan (uy va safar uchrashuvlari)12 jamoa mavjud edi.
Lyuksemburg ayollar 1-ligasining chempioni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Lekin Lyuksemburg ayollar 1-ligasiga berilgan bu imkoniyatdan har doim ham unumli foydalanilmagan. Lyuksemburg jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga kirgan birinchi mavsumda, 2001-2002-yillarida, Lyuksemburg ayollar 1-ligasi gʻolibi Progrès Niderkorn jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasidagi 3 oʻyinni 0 ochko va 0-32 gol hisobidagi ayanchli koʻrsatkich bilan yakunlagan edi.
Progrès Niederkorn jamoasi 2011-2012-yillardagi mavsumda ham UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yoʻllanma oldi. UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi oʻyinlarida Jeunesse Junglinster jamoasi 2015-2016-yilgi mavsumda Lyuksemburg ayollar 1-ligasi nomidan ishtirok etdi. 2017-2018 va 2019-2020-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida Lyuksemburg ayollar 1-ligasi sharafini SC Bettembourg jamoasi himoya qildi.
2022-2023-yilgi mavsum jamoalari
2022-2023-yilgi mavsumda Lyuksemburg ayollar 1-ligasida quyidagi 12 ta jamoa kurash olib boradi.
Lyuksemburg ayollar 1-ligasi chempion jamoalari
Lyuksemburg ayollar 1-ligasining barcha chempion jamoalari roʻyxati.
Chempion jamoalar reytingi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org