Lyuizit




Lyuizit (amerikalik kimyogar U. Lyuis nomi bilan atalgan) (J-xlorvinildixlorarsin, a-L.), ClCH=CHAsCl2 — rangsiz, hidsiz ogir suyuklik. Mol. m. 207.29. Qaynash temperaturasi 196,6°, suyuqlanish temperaturasi — 2,4°, zichligi 1879 kg/m3. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi. Xorijiy maʼlumotlarga kura, L. — zaharlovchi modda. Uning juda oz miqdori ham yuqori nafas yoʻllarini chidab boʻlmas darajada achishtiradi. 0,2—0,3 mg/sm2 dozasi terini qizartiradi va qattiq ogʻritadi. Terida paydo boʻlgan pufakchalar keyinchalik yaraga aylanadi. L.ning bugʻlari ham shunday taʼsir qiladi. Birinchi jahon urushi oxirida AQShda ishlab chiqarilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz