Lyudvig van Betxoven
Ludwig van Beethoven (1770-yil 17-dekabr, Bonn, Germaniya – 1827-yil 26-mart Vena, Avstriya) — buyuk olmon bastakori, dirijyor va pianisti.
Beethoven — nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792-yilda Venaga koʻchgan va tez orada oʻzining erkin va taʼsirchan, yangi ijro uslubi bilan isteʼdodli pianinochi, badihachi-improvizator sifatida tanilgan. Venada (1795–1800) yaratgan fortepiano konsertlari, 8-chi „Patetik“ fortepiano sonatasi, kvartetlari, 1-chi simfoniyasi, „Prometeyning yaratmalari“ baletidayoq Beethovenga xos, Buyuk Fransuz inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida shakllangan ijodiy uslubi koʻzga tashlandi. 27 yoshidan qulogʻi ogʻirlashib, keyinchalik butunlay kar bulib qolsada, ichki uquv, his-tuygʻu bilan birtalay asarlar yaratdi, dirijyorlik qildi. Beethoven ijodi, ayniqsa 1801–1812-yillarda kamol topdi. Qahramonlik va demokratizm ruxi bilan yug'rilgan 3-chi („Qahramonnoma“), 5-chi simfoniyalari, „Fidelio“ operasi, I. Gyotening „Egmont“ fojiasiga yozgan musiqasi, „Appasionata“ fortepiano sonatasi, skripka va fortepiano uchun „Kreyserov“ sonatasi mashhur. Chuqur fojiaviylik va adolat tantanasiga ishonch ruxi bilan sugʻorilgan 9-chi simfoniyasi Beethoven ijodining choʻqqisidir. Soʻnggi asarlari (28—32 fortepiano sonatalari, 12—16 kvartetlari, bagatellar)da kompozitorning yangi ifoda vositalari topishga intilishi seziladi.
Musiqiy qahramonlik uslubini yaratgan Beethoven simfonik musiqa tafakkuri (qarang Simfonizm) koʻlamini nihoyatda kengaytirgan, kamercholgʻu va vokal musiqasi, konsert janrlarining gʻoyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari va janrlarini isloh etgan.
Ijodida turli (ingliz, venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat qilgan (Saʼdiy sheʼrlariga 2 kanon). Beethovenning 5, 7, 8, 9-chi simfoniyalari, fortepiano va skripka konsertlari, birtalay fortepiano va skripka sonatalari, kamer ansambl va boshqa asarlari Oʻzbekistonda ijro etiladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Lyudvig van Betxoven (1770-1827) — nemis bastakori va skripkachisi bo‘lib, klassik musiqaning eng buyuk vakillaridan biridir. U musiqa tarixida o‘zgarmas asarlar yaratgan, klassik va romantik davr musiqasining ko‘prigi hisoblanadi. Betxoven Germaniyaning Bonn shahrida tug‘ilgan.
Uning musiqasi kuchli hissiyot, chuqur falsafa va murakkablik bilan ajralib turadi. Betxovenning eng mashhur asarlari qatoriga symfoniyalar, piano konsertlari, skripka sonatalari, kvartetlar va so‘nggi o‘nlab pyesalari kiradi. Ayniqsa, uning 5-, 6-, va 9-simfoniyalari musiqiy inqilob sifatida qabul qilinadi. 9-simfoniya yakunida "Oda hukmiga" (Schillerning "Xursandlikga Oda") kiritilishi uni xalqaro doirada mashhurlashtirdi.
Betxovenning hayoti ko‘pgina qiyinchiliklarga to‘la bo‘lsa-da, uning eng asosiy muammosi doimiy ravishda ko‘rish qobiliyatining pasayishi bo‘ldi. U asta-sekin eshitish qobiliyatini yo‘qotdi, lekin musiqani yaratishda bu muammo uni to‘xtatmadi.
Betxoven musiqa tarixida nafaqat o‘zining asarlari, balki musiqaga qarashlari, ijodiy erkinlik va mustaqilligi bilan ham katta o‘rin tutadi. U klassik musiqani yangi bosqichga olib chiqdi va keyingi avlod bastakorlariga ilhom manbai bo‘ldi.