Lyudmila Dmitriadi




Lyudmila Leonidovna Dmitriadi (turmushga qadar — Lapshina ) (1969-yil 24-sentabr) — sovet va o‘zbek yengil atletikachisi, qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha ishtirok etgan. 1996—2000-yillardagi Yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

Tarjimai hol



Lyudmila Dmitriadi 1969-yil 24-sentyabrda dunyoga keladi.  

U 1987-yilda yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqalarida debyut qiladi, Birmingemda 100 metrga yugurishda 11,71 soniya natija ko‘rsatadi va 4x100 metrga estafetada SSSR terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi .

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4x100 metrga estafetada ikki marta Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘ladi . 1998-yilda Bangkokda u Yelena Kvyatkovskaya, Go‘zal Xubbiyeva va Lyubov Perepelova (44,38 soniya) bilan birga kumush medalni qo‘lga kiritadi. 2002-yilda Pusan shahrida Anna Kazakova, Xubbiyeva va Perepelova bilan kvartetda (44,32 natija ko‘rsatib) bronza medalini olishga muvaffaq bo‘ladi.

Lyudmila Dmitriadi 1996-yili Atlantadagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shilgan. 1/8 finalda 100 metrga yugurishda u 12,04 soniya natija bilan 7 nafar ishtirokchi orasida 6-o‘rinni egalladi . 1/8 finalda 200 metrga yugurishda u poygada 8 nafar ishtirokchi orasida (24,88 soniya natija bilan) 8-o‘rinni egalladi .

2000-yili Sidneyda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi safidan joy egallab, 4x100 metrga estafeta bahslarida Kvyatkovskaya, Perepelova va Xubbiyevalar ham bo‘lgan kvartet 22-natijani (45,14) ko‘rsatdi va yarim finalga chiqa olmadi .

Lyudmila Dmitriadi 2007-yilda faoliyatini yakunlaydi .

Shaxsiy rekord natijalari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz