Lyudmila Belousova
Lyudmila Yevgenyevna Belousova (ruscha: Людмила Евгеньевна Белоусова; 1935-yil 22-noyabr - 2017-yil 26-sentyabr) - Sovet Ittifoqi vakili sifatida xalqaro musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sportdagi sherigi va turmush oʻrtogʻi Oleg Protopopov bilan ikki karra Olimpiya chempioni (1964, 1968) va to'rt karra jahon chempioni (1965-1968) bo'lgan. Er-xotin 1979-yilda Shveytsariyaga ko`chib ketgan va 1995-yilda Shveytsariya fuqaroligini olgan. Ular yetmish yoshida ham muz shoulari va ko`rsatuvlarida ishtirok etganlar.
Faoliytati
Belousova konkida uchishni nisbatan kechroq, 16 yoshida boshlagan. Moskvada tahsil olgan, 1954-yilning bahorida Oleg Protopopov bilan uchrashgan. Belousova 1955-yilda Leningradga ko'chib o'tgan va 1956-yilda Protopopov bilan juftlik hosil qilgan. Bu juftlik VSS Lokomotiv sport klubida mashg'ulot o'tkazgan va SSSR vakili sifatida xalqaro musobaqalarda qatnashgan.
Ularga dastlab Igor Moskvin, keyin esa Pyotr Orlov murabbiylik qilgan. Ushbu juftlik Moskva viloyatining Voskresensk shahridagi muz maydonida murabbiysiz mashg'ulot o'tkazishgan. Juftlik o`zlarining texnik darajasini oshirish maqsadida 1961-yilda murabbiy Stanislav Juk bilan ishlashga qaror qilishgan.
Belousova va Protopopov juftligi 1958-yilda Jahon chempionatida debyut qilib, 13-o'rinni egallagan. Ular ikki yil o'tib birinchi o`zlarining ilk Olimpiadasida qatnashib, to'qqizinchi o'rindan joy olgan. 1962-yilda ilk bora Jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdilar. Juftlik 1908-yilgi Jahon chempionatida juftlikda konkida uchish intizomi joriy etilgandan so'ng Sovet Ittifoqi yoki Rossiya vakili sifatida jahon medalini qo'lga kiritgan birinchi juftlik bo'lgan. Ular keyinchalik 1962-yilda Yevropa chempionatida kumush medalni qo'lga kiritib, Nina Juk va Stanislav Juk juftligidan kegin (1958, 1959 va 1960 yillarda) kumush medalni qo'lga kiritgan ikkinchi sovet juftligiga aylanishgan.
Natijalari
Manbalar
uz.wikipedia.org