Lyu Ifey
Crystal Liu (tugʻilgan paytidagi ismi
An Feng ; 1987-yil 25-avgustda tugʻilgan)
Liu Yifei (xitoycha: 刘亦菲; pinyin: Liú Yìfēi) taxallusi ostida tanilgan xitoylik-amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va modeldir. Forbes jurnalining „100 ta nufuzli xitoylik kishilar“ roʻyxatiga bir necha marta kiritilgan. 2009-yilda „Yangi toʻrt dan aktrisasi“dan biri deb topilgan.
2020-yilda Yifei Disney studiyasi ishlagan Mulan filmida titul qahramonni jonlantirib, xalqaro miqyosda shuhrat qozongan. Filmdagi mazkur roli ortidan Critics' Choice Super Award, Kids' Choice Award va Saturn mukofotlariga nomzod etib koʻrsatilgan.
Hayoti
Liu Xubey viloyatining Uxan shahridagi Tongji kasalxonasida dunyoga kelgan. Tugʻilgan paytidagi ismi An Feng (安风 boʻlgan, bunda An otasining familiyasidir. U oilada yagona farzand boʻlgan. Uning otasi An Shaokang (安少康) Fransiyadagi Xitoy elchixonasining 1-kotibi hamda Pekin shahridagi universitetda fransuz tili boʻyicha profesor boʻlgan. Onasi Liu Xiaoli (刘晓莉) Xubeyda raqqosa boʻlgan. Liu 10 yoshga toʻlganida, ota-onasi ajrashishgan. Uni yolgʻiz onasi ulgʻaytirgan. 1997-yilda familiyasini onasinikiga, yaʼni „Liu Ximeizi“ (刘茜美子) ga oʻzgartirgan. Uning choʻqintirgan otasi Chen Jinfei (陈金飞) Jinfei Beijing Tongchan Investment Group boshligʻi boʻlgan.
Filmografiyasi
Film
Teleseriallar
Diskografiyasi
Albomlari
Singllari
Saundtreklar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org