Lyu Ban
Lyu Ban (miloddan avvalgi 256-195 yillar) — Xan sulolasining asoschisi va birinchi imperatori.
Imperator ismlari
Hayoti
Lyu Ban mil. avv. 256-yilda Sin imperiyasining
Sishui viloyatining
Pey okrugida (hozirgi
Tszyansu viloyati hududida) tugʻilgan. Yoshligida u viloyat (tinzhang) boshligʻi edi. Keyinchalik, u
Chen Sheng va
Vu Guang qoʻzgʻoloniga qoʻshilib, oʻzini
Pey Gong (Pey mintaqasi shahzodasi) deb eʼlon qiladi.
Sunmen (xitoy bayrami) ziyofatida Lyu Banga suiqasd uyushtiriladi, lekin u maslahatchisi
Chjan Lian rejasiga amal qilib, qochishga muvaffaq bo‘ldi. Lyu Ban keyinchalik Xan-van unvonini oldi. U kuchga ega boʻlib,
Xan Sin ni qoʻllab-quvvatladi va uni general unvonini berdi,
Chensang da u aldamchi hiyla qildi va
Syan Yu ga hujum qildi. Ularning qarama-qarshiligi 4 yil davom etdi, natijada Lyu Ban Sian Yuni magʻlub etdi va Xan sulolasiga asos soldi.
Lyu Ban oʻzini imperator deb eʼlon qilgandan soʻng, u imperator oilasidan boʻlmagan generallar
Xan Sin ,
Pen Yu va
Yin Bu kabilardan vang(qirol) unvonini olib tashladi, faqat imperator oilasidan chiqqanlar vang unvonini oldilar. Imperator imperiyani tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish choralarini koʻrdi. U Gʻarbiy Xan sulolasining gullab-yashnashiga asos solgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org