Lyama




Xatanga , Lyama — Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk oʻlkasidagi dare. Xeta va Kotuy daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Laptevlar dengizidagi Xatanga qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 227 km, havzasining maydoni 364 ming km². Putorana togʻlari orasidan, kanyon hosil qilib toshloq tor oʻzanda, etak qismida Shimoliy Sibir pasttekisligida keng vodiy boʻylab qumloq oʻzanda oqadi. X., asosan, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 3320 m³/sek. Sent. oxiri — oktabr boshlarida muzlab, iyunda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: Popigay, Xeta. Baliq turi (muksun, nelma va boshqalar) koʻp. Kema qatnaydi. X. boʻyida Xatanga pristani joylashgan.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz