LXR
Lugansk xalq respublikasi (qis.
LXR ; ruscha: Луганская Народная Республика; ЛНР) — Sharqiy Yevropadagi tan olinmagan davlat. DXR bilan bir qatorda u Donetsk toshkoʻmir havzasidagi tan olinmagan politiylardan biridir.
Ukrainalik, shuningdek, bir qator xalqaro ekspertlarning fikricha, Ukrainaning Lugansk viloyati hududining bu qismi LNR emas, balki Rossiya Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Tan olinishi
2022-yil 21-fevral kuni oʻzini oʻzi mustaqil deb eʼlon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi rahbarlari Rossiya prezidentidan bu respublikalarni tan olishni soʻraydi.
Shu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin shoshilinch tarzda navbatdan tashqari RF Xavfsizlik kengashi yigʻilishini oʻtkazdi va DXR hamda LXRni mustaqil davlatlar sifatida tan olish boʻyicha qaror qabul qilishini aytdi.
Hurmatli hamkasblar, fikringizni eshitdim. Qaror bugun qabul qilinadi
— V.V. Putin
Vladimir Putin, Denis Pushilin va Leonid Pasechnik Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan olish toʻgʻrisidagi hujjat hamda doʻstlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzoladi.
Allaqachon pishib-yetilgan qarorni qabul qilish: zudlik bilan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasining mustaqilligi va suverenitetini tan olish zarur deb hisoblayman. Rossiya Federatsiyasi Federal majlisidan bu qarorni qoʻllab-quvvatlashini soʻrayman
— [5]
Venesuela
Venesuela Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Donbassda tinchlikni himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda respublika prezidenti Nikolas Maduro Venezolana de Televisión telekanali efirida aytib o‘tdi.
Venesuela Rossiyada tinchlikni saqlash, o‘z xalqi va vatanini jasorat bilan himoya qilishda prezident Vladimir Putinni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qiladi. O‘zimizni ming marta takrorlangan yolg‘onga aldanib qolishimizga yo‘l qo‘ymaymiz. Putin tinchlik huquqi va o‘z xalqining qadr-qimmatini himoya qilishini yaxshi bilamiz.
— Nikolas Maduro
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org