LUZITANLAR — Pirenei yarim orolining Janubiy-g’arbiy qismi (hozirgi Portugaliyaning katta qismi)da yashagan qadimgi iberlar qabilasi. Miloddan avvalgi 193 yildan Rimga qarshi ayovsiz kurash olib borganlar. Miloddan avvalgi 61 yil Yuliy Tsezar tomonidan uzil-kesil tobe etilgan. Avgust davrida Luzitanlar tarqalgan hududda Rimning Luzitaniya provintsiyasi (miloddan avvalgi 15-asr) tashkil topgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish