Lux.TV




Lyuks. 4K televizor - Oʻzbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi 24 soat davomida faoliyat koʻrsatuvchi keng qamrovli umummilliy davlat telekanali. Ultra yuqori aniqlikdagi 4K translyatsiyali, Markaziy Osiyo va butun MDH hududidagi birinchi yuqori aniqlikdagi 4K telekanal Telekanalning efirga uzatilishi 2018-yil 1-sentabrdan boshlangan va Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuniga bagʻishlangan.

Telekanal Oʻzbekiston MTRK tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda raqamli televideniyeni joriy etish davlat dasturi doirasida tashkil etilgan.

Lux.TV oʻzini,,tomoshabin maroqli dam olishi va hordiq chiqarishi uchun moʻljallangan ruhiy yengillik va yaxshi kayfiyat ulashuvchi telekanal” deb ta’riflaydi. Telekanalda yosh cheklovlari yoʻq boʻlib, san’at, madaniyat, turizm, goʻzallik va moda, tabiat, shuningdek, oʻzbek madaniyatiga bagʻishlangan koʻrsatuv va teledasturlar efirga uzatiladi.

Manbalar va havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz