Luxemburg shahri tarixi muzeyi




Koordinatalari: 49°36′35.64″N 6°8′0.60″E / 49.6099000°N 6.1335000°E / 49.6099000; 6.1335000 G O

Luxemburg shahri tarixi muzeyi



Luxemburg shahri tarixi muzeyi doimiy va vaqtinchalik ekspanadlar bilan Luxemburg shahrining ming yillik tarixini ko'rsatadi.1996-yil 22-iyunda ochilgan. Bu Luxemburglik arxitektor Konni Lentz va Parishlik Reperages tomonidan yaratilgan.

Muzey



Xuddi shahar kabi qadimiy me'morchilik va zamonaviy qo'shimchaalarni birlashtirgan. Bu 17-19-asrlarda qayta tiklangan to'rtta uyda joylashgan bo'lib, bularda hali ham O'rta asrlarga oid arxeologik izlar saqlanib qolgan.Qadimgi binolarni va muzeyga tashrif buyuruvchilarning umidlari bilan birlashtirishga misol qilib, suzuvchi oynali fasad va barcha qavatlarning keng ko'rinishini taqdim etadigan panoramali liftni keltirish mumkin. Liftning ulkan shisha xonasi 65 kishiga pastki qavatdagi qoyatosh poydevorini va yana yuqori qavatdagi shaharning Grund tumani va Rham platosini ko'rish imkonini beradi, bu esa Lyuksemburgning asrlar davomidagi tarixi bosqichlarini ochib beradi.1990-yillar boshida qazish ishlari paytida topilgan qadimiy, gumbazli yerto'lalar ham qiziqish uyg'otishi mumkin.

Joylashuv



Muzey eski shahardagi Rue du Saint-Esprit ko'chasida joylashgan. U dushanbadan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha jamoatchilikka ochiq.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz