Lutfullah Mashal




Lutfulloh Mashal – (pushtucha: لطف الله مشعل) Afgʻonistondagi siyosatchi, faoliyatining soʻnggi yillarida Milliy xavfsizlik boshqarmasi (NDS) matbuot kotibi lavozimida ishlagan. Bungacha u Laghman viloyati gubernatori boʻlgan edi. U siyosiy faoliyatidan tashqari shoir va yozuvchi sifatida ham tanilgan.

Hayoti va ijodi



Lutfulla Mashal 1971-yilda Kobul shahrining Shoh Shahid tumanida tugʻilgan. 1994-yilda Peshovar universitetini ingliz adabiyoti yoʻnallishda magistrlik darajasini olgan.

2003-2005-yillarda Mashal Ichki ishlar vazirligida katta matbuot kotibi va maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan. Kent universiteti stipendiyasini olgach, u Britaniyaga koʻchib oʻtdi. U yerda siyosatshunoslik va xalqaro masalalarni tahlil qilish boʻyicha magistrlik darajasini oldi. |Ijodkor pushtu va ingliz tillarida bir qancha kitoblar muallifidir. 2001-yildan 2002-yilgacha Amerikaning "The Christian Science Monitor" gazetasida muxbir boʻlgan. Mash’al shuningdek, Janubiy Osiyodagi terrorizm, toliblar va radikal isyonchilar haqida muhokama qiluvchi yirik axborot kanallarida chiqishlar qilgan. Mashal Al-Qoida va Afgʻonistonda Tolibon va radikal islomiy guruhlarning paydo boʻlishi haqida koʻp yozgan. U Afgʻonistondagi mojaroda giyohvand moddalar omilini ham oʻrganishga erishgan.

Mash’al 2008–2010-yillarda Laghmon viloyati hokimi boʻlgan va uning oʻrnidagi lavozimga Muhammad Iqbol Aziziy tayinlangan . 2011-yilda u Afgʻoniston Milliy xavfsizlik boshqarmasi matbuot kotibi va bosh boshqarmasining maxsus yordamchisi lavozimlariga tayinlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz