Lutfulla Toʻrayev
Lutfulla Toʻrayev baʼzan
Lutfullo Toʻrayev 1988-yili 30-mart kuni Sirdaryo viloyatining Xovos shahrida tugʻilgan. Fargʻonaning Neftchi futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi.
Faoliyati
Lutfulla Toʻrayev professional futboldagi ilk faoliyatini 2004-yili tugʻilib oʻsgan shahri Muborakning Mashʼal futbol klubida boshlagan. Ushbu klub tarkibida u 2008-yilgacha toʻp suradi va jaʼmi 97ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 2 marta isgʻol qiladi. 2009-yilning boslarida u Qarshining Nasaf klubi bilan shartnoma tuzadi va 2011-yilning oxirigacha ushbu klub tarkibida oʻynaydi. 2011-yili u Nasaf tarkibida AFC kubogi musobaqasining gʻolibi boʻladi. Qarshi jamoasida jaʼmi 73ta oʻyinda maydonga tushadi va 4ta gol uradi.
Lutfulla Toʻrayev 2012-yilning yanvar oyida oʻzbek futbolining grand klublaridan biri Toshkentning Bunyodkor klubi bilan shartnoma tuzadi. U Bunyodkor tarkibida 2 mavsum oʻynaydi 49ta oʻyinda jamoa sharafini himoya qilgan boʻlsa raqiblar darvozasiga 9ta gol kiritadi. U 2014-yili Toshkentning yana bir jamoasi Lokomotiv bilan shartnoma imzolaydi va hozrga qadar ushbu klub safida oʻynamoqda. Shu vaqtga qadar u Lokomotiv tarkibida 27ta oʻyinga maydonga tushib 2 marta gol urgan.
Terma jamoadagi faoliyati
Lutfulla Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarkibidagi ilk debyut oʻyinini 2010-yilning 25-may kuni Armaniston terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.
2015-yili Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiyi Mirjalol Qosimov uni AFC Osiyo kubogi 2015 musobaqasida qatnashish uchun tarkibga jalb qiladi va ushbu musobaqada bitta yaʼni chorak finalda Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushadi.
Yutuqlari
Mashʼal tarkibida Nasaf tarkiibida Bunyodor tarkibida Lokomotiv Toshkent tarkibida Statistikalari
Soʻnggi maʼlumotlar 2015-yil 22-mart kunidan olingan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org