Lutfulla Olimiy




Lutfulla Olimiy (1893, Namangan — 1969, Qoʻqon) — oʻqituvchi va jurnalist. Namangan madrasalarining birida tahsil koʻrgach, 1916-yilda Ufaga borib, Madrasai Oliyada oʻqigan. 1917-yil Fevral voqealaridan keyin yurtiga qaytib, Namanganda tashkil etilgan "Namuna" maktabida oʻqituvchi (1918—23), shahar xalq maorif boʻlimi, madaniy oqartuv mu-assasida mudir, shahar ijroiya qoʻmitasida kotib (1924) boʻlib ishlagan. Ayni paytda "Nashri maorif" jamiyati viloyat boʻlimining kotibi (1921—23). Soʻng Qoʻqonga koʻchib borib, 1930-yilga qadar "Fargʻona" ("Yangi Fargʻona") gaz.da muharrir oʻrinbosari (1925—27) va muharrir (1928— 30) lavozimlarida xizmat qilgan. 1930-yilda "Milliy ittiqod" tashkilotining aʼzosi sifatida qamoqqa olingan. 1937 va 1949-yillarda 3-marotaba qatagʻon etilgan. Qamoqdan qaytgach, xoʻjalik ishlarida xizmat qilgan. "Nodira" (1923), "Qizil adabiyotning hozirgi ahvoli" (1924), "Unutilmas shoir" (Soʻfizoda haqida, 1925) kabi maqolalari bor.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz