Lutfulla Mutallib




Lutfulla Mutallib (1922.11.16 — 1945.9.18) — 20-asr uygʻur shoiri, dramaturg, mustamlakachilikka qarshi kurash tashkilotchisi. Lutpulla Mutallip so’nggi uyg’ur she’riyatida mashhur shoirlardan biridir. Hozirgi zamon Shinjong uygʻur adabiyotining asoschilaridan biri. Dastlab Gʻuljadagi boshlangʻich maktabda (1932—1936), soʻngra Ilidagi rus gimnaziyasida, Urumchidagi Oʻlka oʻqituvchilar tayyorlash institutida (1936—1941) oʻqigan. 1941 — 44 yillarda „Sin Szyan gaziti“ va „Oqsuv gaziti“da ishlagan. Sheʼrlari 1937-yildan „Ili daryosi“ gaz.da eʼlon qilingan („Biz Sin Szyan farzandlari“ va boshqalar). „Muhabbat va nafrat“ (1956) dostoni uygʻur xalqining jamiyat illatlariga qarshi kurashiga bagʻishlangan. L. M. hajviy hikoyalar, „Dovonlar oshganda“ nomli roman, „Samsoq akang qaynaydi“, „Boʻrondan keyin oftob“, „Chaman va Polvon“, „Kurash qizi“, „Tohir va Zuxra“ kabi pyesalar yozgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz