Lutfiy koʻchasi (Toshkent)




Lutfiy koʻchasi  — Chilonzor va Uchtepa tumanlarini tutashtirib turuvchi markaziy koʻchalardan biri. Oqtepa maydoni va Katta Qaʼni koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 5 km. Toshkent zilzilasidan soʻng tashkil topgan. 1990-yil 28-iyundan Lutfiy nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 5 ta tor koʻcha mavjud.

Yoʻnalishida Chilonzor 7, 8, 9, G 9a, 12, 13, 23, 24, 25, 26 turar joy mavzelari, "Mikrokreditbank", „Rassom“ kombinati, 2-Toshkent yuridik kasb-hunar kolleji, Kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi, "Farhod" dehqon bozori, "Vatan" kinoteatri, shahar va tuman miqyosidagi korxona va tashkilotlar, firmalar, qoʻshma korxona ofislari, umumiy ovqatlanish, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Barcha turdagi jamoat transport vositalari, shu jumladan tramvay harakati yoʻlga kuyilgan. Yoʻnalishida Kichik halqa yoʻli, Farhod, Katta Xirmontepa va Shirin koʻchalari bilan kesishadi. Muqimiy va Choʻponota koʻchalari bilan tutashgan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz