Luri Medeiros




Luri Xose Pikanço Medeiros (1994-yil 10-iyulda tugʻilgan) — portugaliyalik professional futbolchi, S.C. Braga jamoasida qanot hujumchisi sifatida oʻynaydi. U Primiyer Ligada 100 dan ortiq oʻyinda maydonga tushib 30 ta gol urishga muvoffaq boʻldi. "Sporting CP" va "Braga", shuningdek, Arouca, Moreirense va Boavistaga klublarida ham ijarada oʻynagan. Luri Italiya, Polsha va Germaniyada ham qisqa vaqt davomida oʻynagan va Braga bilan 2020-21 Tasa de Portugalda gʻalaba qozongan. Medeiros Portugaliya yoshlar terma jamoasi safida 56ta oʻyin oʻtkazib, 6ta gol urgan.

Jamoalardagi faoliyati



Sport CP



Azor orolidagi Horta shahrida tugʻilgan Medeiros 2005-yilda 11 yoshida "Sporting CP" yoshlar jamoasiga qoʻshildi. U Segunda Ligada zaxira oʻrindigʻida uchta mavsumni oʻtkazdi, debyuti esa 2012-yilning 11-avgustiga toʻgʻri keldi. 62-daqiqada Filipe Chabining oʻrniga maydonga tushdi va U.D.Oliveirensega qarshi safarda jamoasi bilan 1-0 hisobida magʻlub boʻldi. Shundan soʻng Medeyros FKga ijaraga berildi. Primeiradagi ilk oʻyinini Moreirense FC bilan oʻtqazdi va jamoasining 1-0 hisobida gʻalaba qozonishiga koʻmaklashdi. Keyinchalik u ikki mavsumni yuqori divizionda, Moreirense va Boavista FCda ijarada oʻtkazdi. Birinchi jamoada boʻlganida, u 2015-yil 25-sentabrda "Portu" bilan oʻz uyida 2:2 hisobida durang oʻynagan jamoasiga katta yordam berdi va turnirdagi birinchi golini urdi. 2017-yil 12-martda Lurining dubli ikkinchi gʻalabaga yordam berdi. 2017−18 yilgi mavsum uchun Estadio Xose Alvaladega qaytgan Medeiros 2017-yilning 15-avgust kuni “Sporting”ning asosiy jamoasida debyut qilgan va UEFA Chempionlar Ligasi doirasida “Styaua Bukuresti”ga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqalarida oʻynagan. Biroq, menejer Xorxe Jezus uning oʻyinini tezda qoniqarsiz deya baholadi va natijada 2018-yil 25-yanvarda Medeiros Genoa klubiga ijaraga berilishiga sabab boʻldi. 2019-yilning iyunigacha ijarada boʻlgan Luri Italiya klubiga 10 million yevro evaziga toʻliqligicha koʻchib oʻtishi mumkin edi. U 5-fevral kuni A Seriyadagi debyutini oʻtkazdi va Genoa "Latsio" ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 25 daqiqa oʻynadi.  U 3-aprel kuni oʻzining yangi jamoasi uchun ilk golini urdi va mezbonlarga "Kalyari Kalsio"ni 2-1 hisobida magʻlub etishga yordam berdi. 2019-yil 3-fevralda Medeiros ijara asosida Varshavaning “Legiya” klubiga oʻtdi. 19-iyulda u Sporting bilan aloqalarini uzdi va 4 yillik shartnoma asosida Germaniyaning FC Nyurnberg klubiga oʻtdi.

Braga



Medeiros 2020-yilning 28-iyulida Portugaliyaga qaytib, Sp Bragada sotib olish opsiyasi bilan bir yillik ijaraga rozi boʻldi. U oʻzining birinchi mavsumidayoq Tasa de Portugal chempionligini qoʻlga kiritdi va 14-dekabr kuni Clube Olimpiko do Montixoda toʻrtinchi turda 7:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2021-yilning 29-yanvarida Medeiros Tasa da Liga doirasida C.D.Santa Klara ga qarshi oʻyinda chap tizzasini qattiq sindirib oldi va sportdan olti oyga uzoqlashishga majbur boʻldi. Shunga qaramay, u aprel oyida oltita gol va beshta golli uzatma uchun besh yillik shartnoma bilan taqdirlandi;  toʻlov €800,000 va sotib olish bandi €30 million edi. Medeiros 2022-yilning 24-fevralida UEFA Yevropa Ligasi 32-turida “Sherif Tiraspol”ga qarshi oʻyinda oʻz darvozasini ishgʻol qildi va natijada Rikardo Xorta bilan almashtirildi. 14-aprelda, chorak finalning “Reynjers”ga qarshi javob oʻyinida qoʻshimcha vaqtda u Leon Balogun bilan kechgan bahsda uni jazolagan hakam - Fransua Leteksierga baqirgani uchun qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. U murabbiy Karlos Karvahal tomonidan keyingi liga oʻyinlariga "oʻz harakatlari haqida oʻylab olish" maqsadida maydonga tushurilmadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz