Lumor Agbenyenu




Lumor Agbenyenu (1996-yil 15-avgustda tugʻilgan), ganalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Malaga CF“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyat davri



Lumor Agbenyenu vatani Ganada oʻsgan, yoshligida Wassaman Utd maktablarida oʻynagan. Gana yoshlari terma jamoasida maydonlarga tushgan. 2014-yilning iyul oyida Lumor Yevropa futboliga borish imkoniyatiga ega boʻldi, „Porto“ klubiga ijaraga berildi va bir mavsum oʻsmirlar jamoasida oʻynadi.

Portimonense oʻtish va 1860 Munichga ijara



Keyingi mavsumda „Porto“ning oʻsmirlar jamoalarida ajoyib taassurot qoldirdi. Soʻng yana Portimonensega ijaraga berildi. 2017-yilning yanvarida 2. Bundesliganing 1860 Munich jamoasiga ijaraga berildi, u yerda muntazam oʻynadi, biroq mavsum oxirida Gananing asosiy terma jamoasidagi debyutidan soʻng Portimonensega qaytdi.

Sport CP



2018-yil yanvar oyida, Lumor PSV Eindhoven tomonidan muzokaralar olib borilayotganida, Sporting CP ganalik futbolchi sotib oldi.

Göztepe va Mallorkaga ijara



2019-yilning 31-iyulida, „Göztepe“da olti oylik ijara muddatidan soʻng Lumor vaqtinchalik shartnoma asosida La Liga vakili „Mallorca“ga qoʻshildi. 2020-yil iyul oyida oʻzining „Sporting“ klubiga qaytishdan oldin muntazam maydonga tushdi.

Aris



2021-yil 30-iyulda Lumor ikki yillik shartnoma asosida Arisga qoʻshildi.

Malaga



2022-yil 19-oktyabrda Lumor sinov muddatidan soʻng Segunda Divizionida „Malaga“ bilan bir yillik shartnoma imzolab, Ispaniyaga qaytdi.

Xalqaro faoliyati



Agbenyenu Gana terma jamoasidagi debyutini 2017-yil 11-iyun kuni Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichida Efiopiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Natija 5:0 hisobida Efiopiya foydasiga hal boʻldi.

Faoliyat statistikasi



Klub



23-iyun, 2022-holat boʻyicha

Xalqaro



15-iyul, 2019-yilgi holat boʻyicha[11]

Yutuqlari



Sporting

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz