Luke Robinson




Luke James Robinson (talaffuzi: Lyuk Jeyms Robinson) (2001-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Luke Robinson EFL chempionati vakili „Wigan Athletic“ futbol klubidan ijara shartnomasi asosida „Tranmere Rovers“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Luke Robinson Angliyaning Birkenhead shahrida tugʻilgan. Luke Robinson yoshligidan „AC Hoylake“ futbol klubining yoshlar jamoasi safida futbol oʻynay boshlagan. Keyinchalik 2017—2018-yilgi mavsumda „Wrexham“ futbol klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. Luke Robinson klub safida mavsumdagi deyarli barcha musobaqalarda qatnashgan. Bu klublarda tarjiba orttirgandan soʻng, Luke Robinson 2018-yilning yozida „Wigan Athletic“ futbol klubi bilan ikki yillik stipendiyali shartnoma imzolashga rozilik bildirgan. Luke Robinson 2020-yilning mart oyida „Wigan Athletic“ futbol klubi bilan ikki yarim yillik yangi shartnoma imzolagan. Luke Robinson 2020-yil dekabr oyida Birinchi liga vakili „Sunderland“ futbol klubi ustidan gʻalaba qozonilgan uchrashuvda 'Wigan" futbol klubi safidagi ilk oʻyinini oʻtkazgan. Ushbu uchrashuvda Luke Robinson zaxiradan maydonga tushgan.

2022-yilning iyul oyida Luke Robinson „Wigan Athletic“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagan. Shundan soʻng, Luke Robinson oʻzining tugʻilgan shahrida joylashgan „Tranmere Rovers“ futbol klubi safida mavsumiy ijara shartnomasi asosida oʻzining futbolchilik faoliyatini davom ettirgan.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Luke Robinson Shotlandiyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasida va Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safida Shotlandiya sharafini xalqaro miqyosda himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi



2021-yil 10-noyabr holatiga ko'ra;

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz