Luke Armstrong
Luke Thomas Armstrong (talaffuzi: Lyuk Tomas Armstrong) (1996-yil 2-iyulda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Luke Armstrong Ikkinchi liga vakili „Harrogate Town“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Dastlabki yillar
Luke Armstrong oʻzining futbolchilik faoliyatini „Middlesbrough“ futbol klubida boshlagan va 2014-yilning yozida klubni tark etguniga qadar klub akademiyasining yoshlar jamoalarida koʻpgina oʻyinlarni oʻtkazgan edi. Keyinchalik Luke Armstrong muvaffaqiyatli sinov muddatidan soʻng bir yillik shartnoma asosida „Birmingham City“ futbol klubining yoshlar jamoasiga qoʻshildi, biroq 2015-yilning yozida „Birmingham City“ futbol klubi bilan shartnomasi uzaytirilmasligi haqida xabar olgandan soʻng klubni tark etadi.
Keyin Armstrong Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Cowdenbeath“ futbol klubi bilan muvaffaqiyatli sinov muddatini oʻtkazdi va klub safiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshildi. Klub bilan olti oy oʻtgach, Armstrong shartnomani bekor qilishga qaror qildi.
Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan soʻng Armstrong „Blyth Spartans“ futbol klubiga qoʻshildi. Luke Armstrong mavsum davomida 23 ta gol urib, jamoasiga Northumberland kubogi va liga chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berdi.
Salford City
2019-yilning 26-iyulida Luke Armstrong 3 yillik shartnoma imzolab, doimiy transfer boʻyicha yangi Ikkinchi Liga vakili „Salford City“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. Luke Armstrong klub safidagi oʻzining ilk golini „Walsall“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:0 hisobida gʻalaba) kiritishga muvaffaq boʻldi.
2020-yil 7-dekabrda Armstrong „Hartlepool United“ futbol klubiga 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida qoʻshildi. Armstrong „Hartlepool“ futbol klubi uchun ilk oʻyinini „Kingʻs Lynn“ klubiga qarshi (2:0 hisobida gʻalaba) uchrashuvda oʻtkazdi. Armstrong „Hartlepool“ klubi uchun barcha musobaqalarda 15 ta gol urdi.
Harrogate Town
2021-yil 26-iyunda Luke Armstrong „Harrogate Town“ futbol klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Armstrong 2021—2022-yilgi mavsum oxirida klub bilan (2025-yilning yozigacha amal qiladigan) yangi shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti
Luke sobiq „Stockport County“, „Middlesbrough“ va „Ipswich Town“ futbol klublari hujumchisi Alun Armstrongning oʻgʻlidir. Luke Armstrong Wolsingham maktabida oʻqigan.
2021-yil dekabr oyida Armstrong Wolsinghamda № 10 nomli kafe ochgan.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org