Lukas Vacha




Lukas Vacha (chex. Lukáš Vácha; tugʻ. 1989-yil 13-mayda Praga, Chexoslovakiya) — chexiyalik futbolchi, „Sparta“ klubi va Chexiya terma jamoasining yarim himoyachisi.

Klub martabasi




Vacha Praga shahridagi „Slaviya“ ning oʻquvchisi. Yuqori raqobat tufayli u „Yablonets“ va „Banik“ klublarida ijara asosida oʻynadi. 2009-yilning yozida Lukash „Slaviya“ni tark etdi va „Slovan Liberec“ bilan shartnoma imzoladi. 25-iyul kuni Kladnoga qarshi oʻyinda u Gambrinus Liga da yangi jamoasi safida debyut qildi. 23-avgust kuni esa Cheske Budejovitsening „Dinamo“ klubiga qarshi bahsda Vacha „Slovan“ safida ilk golini urdi. 2011/2012-yilgi mavsumda Lukas klubga chempion boʻlishiga yordam bergan. 2012-yil 23-avgustda Evropa ligasining „Dnepropetrovsk Dnepr“ jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urdi.

2013-yil boshida Vacha Sparta jamoasiga koʻchib oʻtdi. 23-fevral kuni Slovakkoga qarshi oʻyinda u Praga klubi safida debyut qildi. 1-iyun kuni Duklaga qarshi duelda Lukas Sparta uchun birinchi golini urdi. 2013/2014-yilgi mavsumda chempion va Chexiya kubogi sohibiga aylandi. 2014-yil 2-oktabr kuni Yevropa ligasi doirasida Shveytsariyaning „Yang Boyz“ jamoasiga qarshi o‘yinda Lukas yana bir gol urdi. 2015-yilda Vacha „Sparta“ jamoasiga mamlakat Superkubogini yutishda yordam berdi.

Jamoa martabasi



2009-yilda Vacha Chexiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Misrda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Avstraliya, Braziliya, Kosta-Rika va Vengriya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etdi.

2011-yilda Lukas yoshlar jamoasiga Daniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Evropa chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallashga yordam berdi. Turnirda u Ukraina, Ispaniya, Shveytsariya va Belarus terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etdi.

2014-yil 21-mayda Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Vacha Chexiya terma jamoasi safida debyut qildi.

Jamoa samaradorligi statistikasi




Yutuqlar



Slovan (Liberec)

Sparta (Praga)

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz