Lukas Gugganig
Lukas Josef Gugganig (talaffuzi: Lukas Jozef Gugganig; 1995-yil 14-fevralda Karintiyaning Spittal an der Drau shahrida tugʻilgan) — avstriyalik futbolchi, „Osnabrück“ futbol klubi himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
Gugganig „Red Bull Salzburg“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yilda u „Liefering“ futbol klubida oʻynay boshlagan. 2013-yilning 26-iyulida Lukas Avstriya birinchi ligasida „Horn“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 27-sentyabr kuni „Horn“ futbol klubiga qarshi bahsda u „Liefering“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi. Keyingi mavsumda Gugganig jamoasining Birinchi ligada ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi. 2015-yil 12-aprelda Venaning „Rapid“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundelsigida „Red Bull Salzburg“ futbol klubi tarkibida debyut qildi.
Oʻsha yilning yozida Gugganig Germaniyaning „Frankfurt“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 25-yul kuni RB „Leyptsig“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Ikkinchi Bundesligada debyut qildi. 29-noyabr kuni „Fortuna Düsseldorf“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Lukas „Frankfurt“ futbol klubi safidagi ilk golini urdi.
2016-yilning yozida Gugganig „SpVgg Greuther Fürth“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. „Sandhausen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasi safida debyut qildi.
Xalqaro faoliyati
2014-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Lukas Vengriyadagi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Isroil va Portugaliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
2015-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gugganig Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Gana, Argentina, Panama va Oʻzbekiston terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org