Luka Modrić
Luka Modrich (xorvatcha: Luka Modrić; 9-sentyabr 1985, Zadar, Yugoslavia) — Xorvatiyalik futbolchi, Xorvatiya terma jamoasi va Real Madrid klubi yarim himoyachisi.
Jamoalardagi faoliyati
2002-yilda 16 yoshli Luka Modrich zagrebning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ammo yoshlar tarkibida bir mavsum toʻp surganidan soʻng, „Zrinski“ jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Luka u yerda oʻzining iqtidorini tezda namoyish etdi va 18 yoshida Bosniya premyer ligasining eng yaxshi oʻyinchisi nomini qoʻlga kiritdi. Keyingi yili u yana boshqa bir jamoaga, xorvatiyaning „Inter Zapreshich“ jamoasiga ijara berildi. U yerda esa u „Xorvatiya futbolining umidi“ nomiga ega boʻldi. 2005-yili „Dinamo“ga qaytgach, Modrich jamoa bilan tuzgan shartnomasini 2015-yilgacha uzaytirdi.
2008-yil 26-aprelda Modrich angliyaning „Tottenxem Hotspur“ jamoasi bilan oldindan kelishuvga erishdi, jamoaga qoʻshilguncha u tibbiy koʻrikdan oʻtishi va Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsatnoma olishi kerak edi. Shartnoma 6 yilga moʻljallangan boʻlib, transfer summasi 16,5 mln. funt sterlingni tashkil etdi. Bu transfer summasi jamoa uchun rekord boʻldi, undan oldin rekord summa 2007-yilda xarid qilingan Darren Bent transferiga tegishli edi.
2012-yil 27-avgustda Modrich madridning „Real“ jamoasi bilan 5 yilga shartnoma imzoladi. Ispaniya jamoasi xorvat uchun 35 mln. funt sterling toʻladi. U Real tarkibida 19 raqamli maykada toʻp suradigan boʻldi.
U „Real“ safidagi debyutini 29-avgustda jamoaning azaliy raqibi boʻlgan Barselonaga qarshi kechgan Ispaniya superkubogi musobaqasi uchrashuvida oʻtkazdi. Oʻyin 2:1 hisobida „Real“ foydasiga hal boʻldi va Luka kelganiga ikki kun boʻlganiga qaramay, Ispaniya superkubogi sohibi boʻlishga erishdi. Chempionlar ligasidagi birinchi uchrashuvi 18-sentyabrda Manchester Sitiga qarshi kechdi. Luka oʻzining birinchi golini 2012-yil 3-noyabrda „Real Saragosa“ga qarshi kechgan uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi. Ushbu oʻyinda yana bir jamoaning yangi aʼzosi Maykl Essyen ham oʻzining birinchi golini nishonladi. Oʻyin natijasiga koʻra, „Real Madrid“ 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Terma jamoadagi faoliyati
Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi oʻzi debyutini 2006-yil 1-martda Shveysariyaning Bazel shahrida Argentina terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvida oʻtkazdi.
2008-yili Luka Xorvatiyaning yil oʻyinchisi deb tan olindi.
2011-yil 11-oktabrda oʻzining terma jamoa safidagi 50-nchi uchrashuvini oʻtkazdi.
Erishgan natijalari
Jamoalardagi Shaxsiy Galereya
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org