Luka Menalo
Luka Menalo (1996-yil 22-iyulda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Xorvatiya ligasining Dinamo Zagreb klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Menalo Splitda tugʻilgan, lekin Čapljina shahrida oʻsgan. HNK Čapljina safida 2014-yilning 2-martida 17 yoshida Mladostga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 14-may kuni Igman Konjicga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi golini urdi.
2014-yilning yozida Menalo Široki Brijegga oʻtdi. 2015-yilning yanvarida jamoa bilan 5 yillik professional shartnoma imzoladi. Faoliyatidagi ilk xet-trikini 2016-yilning 21-sentyabrida sobiq jamoasi „Čapljina“ga qarshi o‘yinda amalga oshirdi. Menalo Široki Brijeg bilan oʻtkazgan soʻnggi ikki mavsumda liganing eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.
Dinamo Zagreb
2018-yilning fevralida Xorvatiyaning Dinamo Zagreb jamoasi Menalo keyingi mavsumda besh yillik shartnoma asosida kelishini eʼlon qildi. Klubdagi debyutini 2018-yil 27-iyulda Rudešga qarshi o‘tkazdi.
2019-yilning yanvarida Menalo yarim mavsumga Slaven Belupoga ijaraga berildi.
2019-yil iyul oyida Sloveniyaning PrvaLiga jamoasi Olimpija Ljubljanaga mavsumiy ijaraga yuborildi.
Menalo 2020-yil 26-sentyabr kuni Xorvatiya kubogi-2021da Ferdinandovac ustidan qozonilgan g‘alabada xet-trik qayd etgan. Bu Zagrebning „Dinamo“sidagi ilk gollari edi.
2020-yil oktyabr oyida Riyekaga mavsumiy ijaraga yuborildi. Klub safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan.
Ijaradan qaytganidan soʻng, Menalo 2021-yil oktyabr oyida Hrvatski Dragovoljac qarshi oʻyinda „Dinamo“ safidagi ilk dublini qayd etdi.
Xalqaro faoliyati
Menalo Bosniya va Gersegovinanining 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini himoya qilgan. Kelib chiqishi xorvat boʻlganligi sababli, Xorvatiyada oʻynashi mumkin edi, ammo barcha takliflarni rad etdi.
2018-yil yanvar oyida AQSh va Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta chaqiruv oldi. 2021-yil 7-sentyabr kuni 2022-yilgi JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi Qozog‘istonga qarshi o‘yinda ilk golini urdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
21-may, 2022-yil[1][16]
Xalqaro
14-iyun, 2022-yil[24]
Yutuqlari
Široki Brijeg Manbalar
uz.wikipedia.org