Lukáš Masopust
Lukáš Masopust (talaffuzi: Lukash Masopust; 1993-yil 12-fevralda tugʻilgan) — Chexiyalik futbolchi, Chexiya birinchi ligasi klubi SK Slavia Prague va Chexiya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Masopust Pelhřimov yaqinidagi Božejov shahrida tugʻilgan. Futbolchilik faoliyatini shu yerda boshlagan, 2004-yilda Kamenitsa na Lipouga, soʻngra Jihlavaga oʻtgan. 2012-yilda Jihlava menejeri František Komňacký futbolchini kattalar jamoasiga oʻtkazdi va oʻsha yili Praganing „Slavia“ klubiga qarshi debyutini oʻtkazdi. Uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi va Masopust ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
2014-yil dekabr oyida Masopust 2015-yil 1-yanvarda Jablonecga qoʻshilish boʻyicha kelishuvga erishdi va shartnoma 2018-yil 1-iyulgacha davom etishi kerak edi. Klubdagi debyutini 2015-yil 20-fevralda 1. FC Slováckoga qarshi oʻyinning 75-daqiqasida Nermin Crnkić oʻrniga maydonga tushib oʻtkazdi.
Slavia Prague
2018-yil 18-dekabrda Praganing Slavia klubi Jablonecdagi Masopust bilan uch yarim yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2019-yil 22-may kuni Masopust Chexiya kubogi-2019 finalida Baník Ostrava qarshi oʻyinda (2:0) „Slavia“ning ikkinchi golini kiritdi. 2019-yil 20-avgust kuni Masopust „Slavia Prague“ning UEFA Chempionlar ligasining birinchi pley-off bosqichida Ruminiyaning CFR Cluj jamoasiga qarshi o‘yinida gol urdi. „Slavia“ ikkinchi oʻyinda ham gʻalaba qozondi.
Masopust 2021-yil 20-may kuni Chexiya kubogi finalida „Slavia“ safida maydonga tushgan, biroq 60-daqiqada 19 yoshli jamoadoshi Abdallah Sima bilan almashtirilgan. Sima Viktoria Plzeňga qarshi oʻyindagi yagona golni urdi, „Slavia“ liga va kubok dublini qoʻlga kiritdi. 2021-yil 29-may kuni bo‘lib o‘tgan liga mavsumining so‘nggi o‘yinida „Slavia“ Dynamo České Budějoviceni mag‘lub etib, ligada mag‘lubiyatsiz oʻyinlar rekordini yangiladi.
Xalqaro faoliyati
2018-yilning 26-mart kuni Chexiya terma jamoasida Xitoyga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.
2021-yil 25-may kuni Masopust qoldirilgan UEFA Yevro-2020 turniri uchun yakuniy 26 kishilik tarkibga kiritildi. 8-iyun kuni turnir oldidan soʻnggi tayyorgarlik oʻyinlarida Chexlar Albaniyani 3:1 hisobida magʻlub etdi, oʻyinda Masopust gol urdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
26-oktyabr, 2022-yil[12]
Xalqaro
Yutuqlari
Klubda
Slavia Prague Manbalar
uz.wikipedia.org