Lujniki
Lujniki olimpiya majmuasining Katta sport arenasi (1992-yilgacha — Vladimir Lenin nomidagi markaziy stadionning Katta sport arenasi) — Moskvadagi stadion, Lujniki sport majmuasining markaziy qismi, Chumchuq tepaliklaridan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan oʻyingoh. Rekord vaqt ichida — 450 kun (1 yil 85 kun) ichida qurilgan. U 1956-yil 31-iyulda RSFSR va XXR terma jamoalari oʻrtasidagi futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi bilan ochilgan.
1956-yilning yozida sport majmuasida SSSR xalqlarining 1-spartakiadasi, bir yildan soʻng esa yoshlar va talabalarning VI Butunjahon festivali boʻlib oʻtdi. 1980-yilning yozida stadion Moskvadagi 22-Olimpiada ochilishi uchun arenaga aylandi. 2017-yilda tugatilgan rekonstruksiyadan soʻng u 81.000 kishini oʻz bagʻriga sigʻdira oladigan boʻldi va Rossiyadagi eng katta stadionga aylandi. „Lujniki“ shuningdek, Sharqiy Yevropadagi eng katta stadion va Yevropadagi eng katta oʻnta futbol stadionidan biridir. Umumiy maydoni 221 ming m² ga teng. 2018-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati vaqtida „Lujniki“ stadioni mamlakatning asosiy futbol arenasiga aylandi.
Yirik sport tadbirlari
Arxitektura
1956-yilda ochilganidan keyin Katta sport arenasi SSSRdagi eng katta stadion edi. 2013-2017-yillardagi rekonstruksiya natijasida „Lujniki“ yana mamlakatning asosiy va eng katta futbol maydoniga aylandi. Katta sport arenasi toʻrt marta rekonstruksiya qilingan: 1980-yil XXII yozgi Olimpiya oʻyinlari arafasida, 1997-yilda Moskvaning 850 yilligi munosabati bilan, 2008-yilda UEFA Chempionlar ligasi finali arafasida, 2017-yil 2018-yilgi Jahon chempionati uchun eng katta rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Arenaning umumiy maydoni 221 ming m², oʻyin maydoni 105 × 68 m.
Manbalar
uz.wikipedia.org