Luiz Felipe
Luiz Felipe Ramos Marchi (1997-yil, 22-martda tugʻilgan) — professional futbolchi, La Liganing Real Betis klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Braziliyada tugʻilgan va ilgari oʻz tugʻilgan mamlakatini yoshlar darajasida himoya qilgan u Italiya terma jamoasida oʻynaydi.
Shaxsiy hayoti
Luiz Felipe San-Pauluning Kolina shahrida tugʻilib oʻsgan, uning nomi braziliyalik futbol bosh murabbiyi Luiz Felipe Scolari sharafiga berilgan.
U jus sanguinis orqali, asli Vitcenzadan boʻlgan, ammo keyinchalik Braziliyada qoʻnim topgan italiyalik katta bobosi orqali Italiya fuqaroligiga ega.
Jamoalardagi faoliyati
2016-yilning avgustida Luiz Felipe Ituanodan A Seriyaning Lazio klubiga oʻtgan edi. Biroq, u darhol 2016-17-yilgi mavsum uchun singlisi Salernitana klubiga ijaraga berildi.
2022-yilning 4-iyulida Felipe Ispaniyaning Real Betis klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro karyera
2019-yilning 16-mart kuni Luis Felipe Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi bosh murabbiyi Luigi Di Biagio tomonidan chaqirilgan edi. Felipe vatani Braziliyaga sodiqlik belgisi sifatida chaqiruvni rad etadi; Luis Felipe 2019-yilda Braziliyaning 23 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasida debyut qiladi.
2022-yil, 24-yanvarda Luiz Felipe Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Mancini tomonidan adzurrilar safiga Covercianoda uch kunlik yig‘inga qo‘shilish uchun chaqiruv oldi.
2022-yil, 18-martda Luiz Felipe Roberto Mancini tomonidan 2022-yil, 24-mart kuni Shimoliy Makedoniya milliy terma jamoasiga qarshi Jahon chempionati saralash bosqichidagi o‘yin uchun Italiya terma jamoasiga qo‘shilish uchun tanlandi va bu uning Italiya oliy toifasiga birinchi chaqiruvi bo‘ldi.
Karyera statistikasi
Klub
2022-yil 21-may holatiga ko'ra[8]
Yutuqlar
Lazio Manbalar
uz.wikipedia.org