Luiz Adriano




Luiz Adriano de Souza da Silva (1987-yil 12-aprel, Braziliya) yoki oddiygina Luiz Adriano  — braziliyalik professional futbolchi. Turkiya oliy ligasining Antalyaspor klubida hujumchi sifatida toʻp tepadi.

Sportchi oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri Portu Alegridagi „Internasional“ klubida boshlagan. U 2007-yilda Ukrainaning Shaxtyor klubiga 3 million yevro evaziga transfer qilinadi. Luiz Adriano klubining ajralmas aʼzosiga aylanadi. 2014-yil oktyabr oyida „Shaxtyor“ tarkibidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi va oʻsha oyda Braziliya milliy terma jamoasi tarkibiga chaqirilidi.

Klublardagi faoliyati



Shaxtyor Donetskda



Luiz Adriano 2007-yilning 2-martida Ukrainaning Shaxtyor klubiga 3 million yevro (8 128 830 R$) evaziga transfer qilingan. Futbolchi oʻz debyutini 2007-yil 19-mart sanasida Ukraina premyer ligasida 19 yosh 11 oy va 7 kunligida klubning hamshahar raqibi Metallurg Donetsk ga qarshi oʻyinda amalga oshiradi. Shuningdek, hujumchi klubdagi oʻz debyut golini 2008-yilning 15-martida Xarkovning „Metalist“ jamoasi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning 94-daqiqasida kiritadi.

2014-15-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi guruh bosqichida „Shaxtyor“ oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallaydi va pley-off bosqichiga yoʻllanma qoʻlga kiritadi. Oʻtkazilgan olti oʻyinda Luiz Adriano Chempionlar Ligasi guruh bosqichida urilgan gollar boʻyicha Lionel Messi va Cristiano Ronaldoning rekordini takrorlaydi hamda UEFA uni Chempionlar Ligasi guruh bosqichining mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb eʼlon qiladi.

Milanda



2015-yilning 2-iyulida Luiz Adriano Milan bilan 8 million yevro evaziga 5 yillik shartnoma imzolaydi. U 17-avgust kuni Italiya kubogining 3-bosqichida San Siroda, Perudja ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyindagi ikkinchi golni kiritgani holda oʻz debyutini amalga oshiradi. Luiz Adriano A Seriyadagi dastlabki golini 2015-yilning 29-avgustida Empoliga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritadi. 2016-yilning yanvarida „Milan“ Xitoy Superligasi vakili Jiangsu Suningdan Luiz Adrianoni 14 million yevro evaziga sotish boʻyicha taklifga rozi boʻladi. Biroq, Luiz Adriano va Jiangsu Suning muzokaralar chogʻida shaxsiy shartlar boʻyicha kelisha olmaganidan soʻng, kelishuv yakunlayman qoladi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz