Luisma Hernández
Luis Manuel Hernández Martín (talaffuzi: Luis Manuel Ernandes Martin; Buenavista del Norte, Santa Kruz de Tenerife viloyati, Ispaniya, 1972-yil 24-noyabr) — ispaniyalik futbol murabbiyi. 2021-2023-yillarda O‘zbekiston Birinchi ligasi, ikkinchi divizioni ishtirokchisi — Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga murabbiylik qilgan.
Murabbiylik faoliyati
2004-yildan 2006-yilgacha Interinsular Preferente de Tenerifeda Unión Deportiva Icodenseni boshqargan.
Keyinchalik "Barselona" Tenerifedagi maktabining 2011-yildan 2014-yilgacha texnik direktori boʻlib ishlagan.
2014-yil iyul oyida Quvayt birinchi divizioni Al-Yarmuk jamoasi bilan shartnoma imzoladi va ikki mavsum davomida boshqardi.
2016-2017-yilgi mavsumda Quvaytdan qaytgach, Tercera División de España — Grupo XII jamoasining „Unión Deportiva Las Zocas“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
2018-yil yanvar oyida Koreya Respublikasi „Daegu“ jamoasi uchun taktik tahlilchi sifatida shartnoma imzoladi, shuningdek, Daegu FC Reserves jamoasiga ikki mavsum davomida murabbiylik qildi.
2021-yil 1-noyabr kuni u O‘zbekiston Birinchi ligasi, ikkinchi divizioni Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2023-yil 29-mart kuni jamoa murabbiyligidan ketdi.
Klublar
Qiziqarli maʼlumotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org