Luis Quiñones
Luis Enrique Quiñones García (talaffuzi: Luis Enrike Quinones Garsiya) 1991-yil 26-iyunda Kolumbiyada tavallud topgan. Kolumbiyalik futbolchi Meksikaning „Toluca“ klubi hujumchisi.
Jamoalardagi faoliyati
Luis Enrique Quiñones García faoliyatini „Patriotas“ klubida boshlagan. 2012-yil 4-fevralda u Mustang kubogida „Cucuta Deportivo“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Bir necha oʻyinda qatnashgandan soʻng, Luis Enrique Quiñones García 2013-yil boshida „Rionegro Agilas“ga qoʻshildi. 4-fevral kuni „Kucuta Deportivo“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 17-fevral kuni „Santa-Fe“ga qarshi kechgan bahsda Luis Enrique Quiñones García „Reonegro Aguilas“ uchun birinchi golini urdi. 25-oktabr kuni Sudamerikana kubogi doirasida braziliyaning „Koritiba“ klubiga qarshi oʻyinda u „dubl“ni amalga oshirdi.
2014-yil boshida Luis Enrique Quiñones García „Atletico Junior“ga oʻtdi. 26-yanvar kuni „Atletiko Huila“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. Oʻsha oʻyinda Luis Enrique Quiñones García „Atletico Junior“ uchun birinchi golini urdi.
2015-yilning boshida Luis Enrique Quiñones García „Santa-Fe“ jamoasiga qoʻshildi. 1-fevral kuni „La-Equidad“ga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qildi. Xuddi shu oʻyinda Luis Enrique Quiñones García „Santa-Fe“ uchun birinchi golini urdi. Yil oxirida Luis Enrique Quiñones García Kolumbiyadan Meksikaning „UNAM Pumas“ klubiga joʻnab ketdi. 17-yanvar kuni „Toluca“ga qarshi oʻyinda u Meksika Primer ligasida debyut qildi. 14-fevral kuni „Dorados de Sinaloa“ga qarshi kechgan bahsda Luis Enrique Quiñones García „dubl“ni amalga oshirib, „UNAM Pumas“ uchun birinchi gollarini urdi. Libertadores kubogi doirasida Paragvayning „Olympia“ va Ekvadorning „Emelek“ klublariga qarshi kechgan bahslarda u bittadan gol urdi.
Oʻsha yilning yozida Luis Enrique Quiñones García „UANL Tigres“ga koʻchib oʻtdi. 18-iyul kuni „Santos Laguna“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 19-oktabr kuni KONKAKAF Chempionlar ligasi doirasida Kosta-Rikaning „Herediano“ klubiga qarshi o‘yinda Luis Enrique Quiñones García „UANL Tigre“s safida ilk golini urdi. Debyut mavsumida u Meksika chempioniga aylandi.
2017-yilning yozida Luis Enrique Quiñones García „Lobos BUAP“ga ijaraga oʻtdi. 23-iyul kuni „Santos Laguna“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 6-avgust kuni „Pachuca“ga qarshi bahsda Luis Enrique Quiñones García „Lobos BUAP“ safida ilk golini urdi. 2018-yil boshida Luis Enrique Quiñones García „Toluca“ga ijaraga berildi. 7-yanvar kuni „Gvadalaxara“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 20-yanvar kuni „Atlas“ga qarshi bahsda Luis Enrique Quiñones García „Toluca“ uchun birinchi golini urdi.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org