Luis Pedro Kavanda
Luis Pedro Cavanda (talaffuzi: Luis Pedro Kavanda; 1991-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — belgiyalik professional futbolchi, oxirgi marta Shveysariyaning Neuchâtel Xamax klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. Angolada tugʻilgan Cavanda Belgiyani xalqaro miqyosda himoya qilgan.
Faoliyati
Yoshligi
Cavanda yoshligida Belgiyaga koʻchib oʻtgan va Belgiyaning Standart Liège klubida oʻynay boshlagan. 2007-yilning yanvarida Cavanda Lazioga oʻtdi. „Lazio“ bilan Cavanda uch yarim yilni yoshlar jamoasida oʻtkazdi.
Lazio
2009-yilda Cavanda birinchi marta Olimpiko stadionida boʻlib oʻtgan Lazioga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
2011-yilning yanvarida mavsum oxirigacha Torinoga ijaraga berildi. Cavanda Turin klubi safida bor-yoʻgʻi uchta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng Lazio ga qaytdi.
Trabzonspor
2015-yilning 12-iyulida Cavanda Turkiyaning Trabzonspor klubi bilan shartnoma imzoladi.
Galatasaray
Cavanda 2016-yilning 9-avgustida Turkiyaning Galatasaray klubi bilan dastlabki to‘lovi 1,8 million yevro boʻlgan uch yillik shartnoma imzoladi.
Standart Liège
2018-yilning 17-martida Standard Liège safida qo‘shimcha daqiqalarda Genkga qarshi oʻyinda maydonga tushdi (1:0) va Belgiya kubogi-2018 finalida g‘alaba qozonishdi. Klub shu tariqa UEFA Yevropa ligasiga yo‘llanma oldi.
Trepçaʼ89
2021-yil 17-fevralda Kosoviya Superligasida Trepça '89 klubi bilan shartnoma imzoladi. Ikki kundan keyin klub infratuzilmasi yoqmagani uchun yakuniy shartnomani imzolashdan bosh tortdi.
Neuchâtel Xamax
2022-yil 23-may kuni Shveysariyaning Challenge liga klubi Neuchâtel Xamaks Cavandaning klubga bir yillik shartnoma asosida qo‘shilganini tasdiqladi. Klub uchun oltita oʻyindan soʻng, Cavanda 2022-yil avgust oyi oxirida jarohat oldi.
Xalqaro faoliyati
2015-yil 10-oktyabrda milliy terma jamoa safida Andorraga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash o‘yinida (4:1) maydonga tushgan.
Statistika
26-oktabr, 2015-yil
Yutuqlari
Standart Liège Manbalar
uz.wikipedia.org