Luis Orejuela




Luis Manuel Orejuela García (talaffuzi: Luis Manuel Orejuela Garsiya; 1995-yil 20-avgustda Kolumbiyaning Kali shahrida tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, Braziliyaning „São Paulo“ futbol klubi himoyachisi, „Atlético Paranaense“ futbol klubida ijara asosida oʻynaygan.

Klublardagi faoliyati



Luis Orejuela oʻz shahrining „Deportivo Cali“ futbol klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanagan. 7-avgust kuni „Unión Magdalena“ futbol klubiga qarshi Kolumbiya kubogi bahsida Luis Orejuela asosiy tarkibda debyut qilgan. 2014-yilning 6-aprelida Mustang kubogida „Millonarios“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan. 2014-yilda u jamoaga Superkubokni yutishda yordam bergan va bir yildan soʻng chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2016-yilning 21-noyabrida „Rionegro Águilas“ futbol klubiga qarshi bahsda Luis Orejuela „Deportivo Cali“ safida ilk golini raqib darvozasiga kiritgan.

2017-yilning yozida u Amsterdamning „Ajax“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 3,65 million yevroni tashkil qilgan. 20-sentabrda Luis Orejuela „Ajax“ futbol klubi safida Gollandiya kubogi bahslarida „Scheveningen“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 17-dekabr kuni „AZ Alkmaar“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Luis Orejuela jamoasi safidagi ilk golini kiritgan.

2019-yilning yanvarida Luis Orejuela braziliyaning „Cruzeiro“ futbol klubiga oʻtgani maʼlum boʻlgan. 2020-yilning yanvarida Luis Orejuela „Grêmio“ futbol klubi tomonidan yil oxirigacha ijaraga olingan.

Xalqaro faoliyati



2015-yilda Kolumbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Luis Orejuela Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Turnirda Luis Orejuela Chili, Peru, Paragvay, Braziliya, Venesuela va ikki marta Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz