Luis León




Luis Fernando León Bermeo (talaffuzi: Luis Fernando Leon Berneo) 1993-yil 11-aprelda tavallud topgan. Ekvadorlik futbolchi „Atlético San Luis“ klubi va Ekvador terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati



Luis Fernando León Bermeo oʻz faoliyatini „América Norte“ klubida boshlagan. Shundan soʻng, 2011-yilga kelib Luis Fernando León Bermeo „Independiente del Valle“ futbol klubiga koʻchib oʻtishni afzal koʻrgan. 2011-yilning 24-iyulida „Deportivo Cuenca“ga qarshi oʻyinda Luis Fernando León Bermeo Ekvador Primer ligasida debyut qildi. Shu bilan bir qatorda, 2012-yilning 22-aprelida „Técnico Universitario“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Luis Fernando León Bermeo „Independiente del Valle“ safida ilk golini urishga muvaffaq boʻlgan. Jamoaning muhim qismiga aylangan futbolchi Luis Fernando León Bermeo 2016-yilda oʻz jamoasining Libertadores kubogi finaliga chiqishga yordam berdi.

2020-yildan beri Luis Fernando León Bermeo Meksikaning „Atlético San Luis“ klubida toʻp surib kelayotgan edi. Biroq, 2021-yilda Luis Fernando León Bermeo Guayakilning „Barcelona Sporting“ futbol klubiga ijaraga berildi.

Xalqaro karyerasi



Luis Fernando León Bermeo 2013-yilda Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Luis Fernando León Bermeo Venesuela, Chili, Kolumbiya, Braziliya, Peru, Paragvay va ikki marta Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2014-yil 11-oktyabrda AQSh terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Luis Fernando León Bermeo Ekvador terma jamoasi safida debyut qildi.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz