Luis Kaffarelli
Luis Caffarelli (talaffuzi: Luis Kaffarelli) (1948-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — argentinalik-amerikalik matematik. Qisman differensial tenglamalar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2012-yil Wolf mukofoti, 2023-yilda esa Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
Caffarelli Buenos Aires universitetidan 1968-yil magistr, 1972-yil PhD darajasini olgan. 1986–1996-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. Ayni damda Austindagi Texas universitetida professor. Olim, shuningdek, Chicago va Minnesota universitetlarida hamda Courant matematika fanlari institutida ishlagan.
Caffarelli toʻsiq masalalari hamda chiziqli boʻlmagan qisman differensial tenglamalar boʻyicha dunyoning yetakchi mutaxassisi hisoblanadi. Olim gomogenizatsiyaga qoʻshgan hissasi bilan ham taniglan. Keyingi yillarda u integro-differensial tenglamalar sohasida faoliyat yuritib keladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org