Luis Federico Leloir




Leluar Luis Federiko (1906.6.11 — Parij—1987.2.12) — argentinalik biokimyogar. Buenos-Ayres universitetini tugatgan (1932), Kembrij (1935—36) va Sent Luis (AQSH) universitetlarida ishlagan. Biokimyo tadqiqotlari instituti rektori (1947-yildan), Buenos-Ayres universiteti professor (1962-yildan). Asosiy tadq-iqotlari uglevodlar biokimyosiga oid. Birinchi qand nukleotidi — uridin-difosfatglyukozani (1951), purin va pirimidin hosilalariga taalluqli juda koʻp nukleotiddifosfatqandlarni (NDFqandlar) kashf qilgan (1950—60). Shu kashfiyotlarga asoslanib koʻpgina uglevodlar, jumladan, glikogen (1959) va kraxmal (1960) biosintezi mexanizmini tushuntirib bergan. Nobel mukofoti laureata (1970).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz