Luis Enrique




Luis Enrique Martinez Garcia (ispancha: Luis Enrique Martínez García)—ispaniyalik futbolchi va futbol murabbiyi.1970-yil 8-mayda Ovedoning Xixon shahrida tugʻilgan.Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Faoliyati



Klub miqyosida
11 yoshida Luis Enrique oʻz shahri „Sporting Xixon“ klubining futbol maktabiga oʻqishga kirdi.Oradan 7 yil oʻtib zaxira jamoada debyut qildi.Bir yildan soʻng esa asosiy jamoada oʻynadi.Dastlab u asosan oʻrinbosar sifatida oʻynagan boʻlsa,1990-yilning yozidan boshlab jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi.Enrique Ispaniya chempionatida 11 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va uning jamoasi oʻzlari uchun yuqori 5-oʻrinni egalladi. Shundan soʻng koʻproq maqomli jamoalar yosh futbolchiga eʼtibor qaratishdi. Mavsum oxirida u nufuzli Don Balon va El Pais nashrlariga koʻra jamoaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

1991-yilning yozida yosh ispaniyalik „ Real Madrid“ bilan 5 yillik shartnoma imzoladi."Qaymoqranglilar"da oʻynagan yillari davomida Enrique oʻzining birinchi klub sovrinlarini qoʻlga kiritdi va jamoada doimiy oʻrin egalladi.Luis Enrique oʻzini koʻp qirrali futbolchi sifatida koʻrsatishga muvaffaq boʻldi, u nafaqat oʻzining odatiy qanot va hujumkor yarim himoyachi pozisiyalarida, balki himoya markazidan tashqari boshqa har qanday joyda ham oʻynay olishini koʻrsatdi."Real Madrid" murabbiylari men oʻyinchining koʻp qirraliligini bilaman ular uchun koʻpincha boshqa oʻyinchilar oʻynay olmaydigan pozitsiyalarni yopib qoʻyishadi.Bu Enriqueda norozilik tugʻdirdi, chunki u maydonda doimiy oʻyin pozitsiyasiga ega emas edi va oʻz salohiyatini toʻliq ishga tushira olmadi.Shartnomani oxirigacha oʻqib chiqqan ispaniyalik shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

1996-yilning yozida Enrique erkin agent sifatida „qaymoqranglilar“ning asosiy raqibi „Barselona“ga qoʻshildi. Ushbu oʻtishdan soʻng „Real Madrid“ muxlislari nazarida futbolchi sotqin boʻlib chiqdi va koʻk-anorranglilar muxlislari uning sotib olinishidan ehtiyot boʻlishdi.Biroq Luis tez orada ularni oʻzlari haqidagi fikrlarini yaxshi tomonga oʻzgartirishga majbur qildi. Hujum chizigʻida oʻynash imkoniyatiga ega boʻlgan yarim himoyachi birinchi mavsumdayoq 20 ta gol urdi (u Madriddagi faoliyati davomida atigi 23 ta gol urishga muvaffaq boʻlgandi) braziliyalik Ronaldu bilan juda samarali tandemni tashkil qildi.Keyingi mavsum ispaniyalik futbolchining faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan biri boʻldi.U 25 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.Jumladan „Santyago Bernabeu“da „Real“ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozondi va kataloniyaliklar „oltin dubl“ga erishdi. Bu muvaffaqiyatlar sabab Enrique Ispaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi boʻldi.2001-yilda Xosep Gvardiola jamoani tark etgach jamoadagi sardorlik Luis Enrikega oʻtdi.U keyingi uch mavsumda kapitan sifatida xizmat qildi.2004-yil 10-avgustda 34 yoshida Enrique oʻzining yuqori saviyada oʻynay olmasligini his qilib nafaqaga chiqqanini eʼlon qildi va sardorlikni Karles Puyolga topshirdi.Umuman olganda ispaniyalik professional faoliyati davomida 400 dan ortiq o‘yin o‘tkazib,102 ta gol urgan.

Futbolchi sifatida faoliyatini tugatgandan soʻng,Luis Enrique bir muddat Avstraliyada serfing bilan shugʻullangan.Shuningdek u Nyu-York (2005),Amsterdam (2006), Florensiya (2007) va Marokash qum marafonida qatnashgan.Triatlon boʻyicha Yevropa chempionatida qatnashgan.

Terma jamoa miqyosida
Ispaniya terma jamoasi tarkibida Luis Enrique uchta jahon chempionati (1994,1998 va 2002) va 1996-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan.Milliy terma jamoa safida 62ta o‘yinda maydonga tushib,12ta gol urgan.U 1992-yilda Barselonada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqqan olimpiya terma jamoasi tarkibida edi.

1994-yilgi jahon chempionatining 1/4 finalida Italiyaga qarshi oʻyinda Mauro Tassotti tirsagi bilan yuzini sindirdi.Natijada Enrique yarim litrcha qon yoʻqotdi.Tassotti buning uchun oʻyinda hech qanday jazoga tortilmadi, ammo keyinchalik toʻqqizta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

Murabbiylik faoliyati



2008-yil iyun oyida u „Barselona“ga murabbiy sifatida qaytdi va klubning ikkinchi tarkibini boshqaradi.2011-yilning yozida ommaviy axborot vositalari Luisning kelajagini Italiyaning „Roma“ va Ispaniyaning „Atletiko“ klublari bilan faol bogʻlay boshladi.

2011-yilning 8-iyunida Luis Enrique „Roma“ bosh murabbiyi etib tayinlangan.Shartnoma 2 yil muddatga imzolandi.2011/12-yilgi mavsum yakunida „Roma“ atigi 7-oʻrinni egalladi va Luis Enrique esa oʻz lavozimini tark etdi. 2013-yil 8-iyunda u Ispaniyaning „Selta“ klubi bosh murabbiyi boʻlib,2 yillik shartnoma imzoladi.Mavsum oxirida „Selta“ bilan 9-oʻrinni egalladi va Luis Enrique klubni tark etishini eʼlon qildi.

2014-yil 19-mayda Luis Enriqui „Barselona“ futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 3 yilga tuzilgan Enriqui jamoa bilan 7-iyundan ish boshlagan.Birinchi mavsum ancha muvaffaqiyatli boʻldi.Jamoa navbatma-navbat chempionlik va Ispaniya kubogi shuningdek Chempionlar ligasida gʻalaba qozonib, treblni yutib oldi.Keyingi mavsumda jamoa „oltin dubl“ni qoʻlga kiritib ichki maydondagi muvaffaqiyatini takrorlay oldi.Ammo Chempionlar ligasida „Barselona “ „Atletiko“ bilan ikki oʻyinli qarama-qarshilikda magʻlub boʻlib, chorak final bosqichida oʻz yurishini yakunladi.

2017-yilning 2-martida u „Barselona“ bilan shartnomasini uzaytirmasligini va 2016/17-yilgi mavsum yakunida bosh murabbiylikdan ketishini maʼlum qildi.Mavsumning oʻzi Luis Enrique shogirdlari uchun eng yaxshisi boʻlmadi.Jamoa chorak finaldan soʻng Chempionlar ligasidan uchib ketdi.Ispaniya chempionatidagi kurashda esa „Real“ga yutqazishdi. Mavsumdagi yagona kubok Qirol kubogi boʻlib finalda „Alaves“ magʻlub etildi.Murabbiy Ferdinand Dauchikning 64 yil oldingi yutugʻini takrorladi (ketma-ket uchta Ispaniya kubogi).Umuman olganda 3 yil ichida Luis Enrique 13 ta imkoniyatdan 9 ta sovrinni qoʻlga kiritdi.

2018-yilning 9-iyulida Luis Enrique Fernando Yerro o‘rniga futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi.Shartnoma 2 yilga tuzilgan.2019-yilning mart oyida beri Luis Enrique osteosarkoma bilan ogʻrigan 9 yoshli qizi Ksanu (qizi 2019-yil 29-avgustda vafot etgan) haqida qaygʻurib, oʻzi yoʻqligida uchta oʻyinda terma jamoani boshqarishni yordamchisi Robert Morenoga topshirdi. 2019-yilning 19-iyunida u „shaxsiy sabablarga ko‘ra“ rasman terma jamoa bosh murabbiyligidan ketdi.19-noyabr kuni oilaviy fojiadan forig‘ bo‘lgach Enrique Moreno boshchiligida Yevro-2020 ga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga qaytdi.

Turnirning oʻzida „Qizil furiya“ yarim finalga chiqishga muvaffaq boʻldi va u yerda penaltilar seriyasida Italiya jamoasiga yutqazib 2012-yildan beri eng yaxshi natijaga erishdi. Eʼtiborlisi birinchi marta Ispaniya terma jamoasining yirik musobaqa uchun arizasiga "Real"dan birorta ham futbolchi kiritilmagan.

Yutuqlari



Futbolchi sifatida erishgan yutuqlari



"Real Madrid"

"Barselona"

Ispaniya terma jamoasi

Shaxsiy

Murabbiy sifatida erishilgan yutuqlar



"Barselona"

Shaxsiy

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz