Luis Ayala




Luis Miguel Ayala Brucil (talaffuzi: Luis Migel Ayala Brusil) 1993-yil 24-sentabrda Ibarrada tugʻilgan. Ekvadorlik futbolchi „LDU Kito“ klubi himoyachisi.

Jamoalardagi faoliyati



U oʻz faoliyatini viloyatining „Otavalo“ futbol klubi tarkibidan boshlangan va 2010-yilda „Teodoro Gomes de la Torre“ klubiga oʻtgan, bu yerda u viloyat va hududiy oʻyinlarlarda ikkinchi toifadagi turnirlarda oʻynab, professional futbolda debyut qilgan. 2012-yilning 5-avgustida „Makara“ klubi safida „El Nacional“ga qarshi oʻyinda u Ekvador Primer ligasida debyut qildi. 2013-yil boshida Luis Miguel Ayala Brucil „Independiente del Valle“ga koʻchib oʻtdi. 3-mart kuni Kito shahridan „Universidad Catolica“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 22-iyun kuni „Deportivo Kito“ga qarshi bahsda Luis Miguel Ayala Brucil „Independiente del Valle“ uchun birinchi golini urdi. 2016-yilda u jamoaga Libertadores kubogi finaliga chiqishga yordam berdi.

Deportivo Quito



2011-yilda u „Deportivo Kito“ning quyi divizioniga yoʻl oldi, lekin u asosiy jamoada debyut oʻtkazmadi, u faqat quyi toifadagi oʻyinlarda qatnashdi.

Macará



2012-yilda u „Macará“ga borib, u yerda Ekvadorning A seriyasida debyut qilgan, jami 17 oʻyinda ishtirok etgan.

Independiente del Valle



2013-yilda u „Independiente del Valle“ tomonidan sotib olindi. Oʻsha yili u Libertadores kubogida debyut qildi va milliy turnirda ikkinchi oʻrinni egalladi. 2016-yilda u „Atletico Nacional“ga qarshi Libertadores kubogi finaliga chiqqan tarixiy jamoaning bir qismi edi. U keyingi mavsumda 2019-yilning oʻrtalarigacha oʻz darajasini saqlab qoldi.

Liga Deportiva Universitaria



2019-yilda u Liga „Deportiva Universitaria“ga sotib olish sharti bilan bir yarim yilga ijaraga berildi. Oq jamoa bilan u faoliyatidagi ilk titullarni qo‘lga kiritdi, 2019-yilda Ekvador kubogini qo‘lga kiritdi, 2020 va 2021-yillarda Ekvador Superkubogi g‘olibi bo‘ldi. 2021-yil boshida Deportiva klubi uning yoʻllanmasini sotib oladi va futbolchi bilan 2022-yil oxirigacha shartnoma imzoladi.

Xalqaro karyerasi



2013-yilda Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Luis Miguel Ayala Brucil Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Urugvay va Peru jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

Yutuqlari



Jamoaviy

„Independiente del Valle“

Statistika




Turnirlardagi ishtiroki




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz