Ludditlar harakati
Ushbu nomdagi musiqa uchun bu sahifani koʻring: Luddite (EP)
Ushbu mavzu bilan adashtirilmasin: Ludites
Ludditlar 19-asrda toʻqimachilik mashinalarini yoʻq qilishga qaratilgan radikal guruh tuzgan ingliz toʻqimachilik ishchilarining yashirin qasamyodiga asoslangan tashkilotdir. Guruh oʻz nomini Lester yaqinidagi Anstey shahridan boʻlgan afsonaviy toʻquvchi Ned Ludddan olgan deb ishoniladi.
Ludditlar oʻzlari „yolgʻon va firibgarlik“ deb atovchi, standart mehnat faoliyatini butkul oʻzgartiruvchi tikuv mashinalari ishlab chiquvchilarga qarshi norozilik bildirshgan. Ludditlar oʻz qoʻl mehnati mahooratlarini oʻrganish uchun sarflagan koʻp vaqtlari bekor ketishidan qoʻrqishdi, sababi tikuv mashinalari toʻqimachilik sanoatidagi ularning yaʼni isnonlarning oʻrnini egallar edi.
Ludditlarning koʻplab qismini yopilgan ustaxonalarning egalari tashkil qilar edi, chunki fabrikalar ularning mahsulotiga oʻxshash mahsulotlarni arzonroqqa sotishlari mumkin edi. Lekin fabrikalarda mahulot ishlab chiqarishda inson mehnatidan juda oz miqdorda foydalanganligi sabab ustaxona egalari zavodlardan ish topishlari juda mushkul edi. Ushbu holat koʻp odamlarni ishsiz qoldirdi va gʻazablantirdi.
Ludditlar harakati Angliyaning Nottingem shahrida boshlanib, 1811-yildan 1816-yilgacha davom etgan butun mintaqani qamrab olgan qoʻzgʻalon yakunlandi. Zavod va fabrika egalari namoyishchilarni oʻqqa tutdilar va oxir-oqibat bu harakat qonuniy va harbiy kuch bilan bostirildi, keyichalik ayblanuvchi va sudlangan ludditlar qatl etildi yoki surgun qilinish bilan jazolandi.
Vaqt oʻtishi bilan bu atama sanoatlashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish yoki umuman yangi texnologiyalarga qarshilik holatlari uchun ishlatila boshlangan.
Etimologiya
Luddit (/ˈlʌdaɪt/) nomining kelib chiqishi noaniqdir. Harakat 1779-yilda ikkita paypoq qolipini sindirib tashlagan va nomi mashina buzgʻunchilarining ramziga aylangan shogird Ned Ludd sharafiga nomlangan. Biroq, Ned Ludd butunlay toʻqima obraz boʻlgan va hukumatni taajjublantirish va qoʻzgʻatish usuli sifatida ishlatilgan boʻlish ehtimoli mavjud. Keyinchalik bu ism general Ludd yoki qirol Ludd sifatida tanildi, xalq orasida u Robin Gud kabi Shervud oʻrmonida yashashi aytiladi.
Monmutlik Jefrining afsonaviy Britaniya qirollari tarixi va boshqa oʻrta asrlardagi Uels matnlariga koʻra „Lud“ yoki „Ludd“ (valliycha: Lludd map Beli Mawr-), rimgacha boʻlgan davrda "Britaniya orollari"ning kelt qiroli boʻlgan, u goʻyoki Londonga asos solgan va Ludgeytda dafn etilgan deya ishoniladi.
Tarixiy pretsedentlar
1779-yilda Angliyaning Lester shahri yaqinidagi Anstey shaharchasidan Ned Ludd ismli toʻquvchi gʻazabdan ikkita paypoq qolipi sindirib tashlaydi. 1810-yillarda „Ludditlar“ paydo boʻlganda, uning shaxsi kapitan Ludd sifatida folklor qahramonga aylandi, shuningdek, qirol Ludd yoki Ludditlarning taxminiy rahbari va asoschisi general Ludd nomi bilan ham tanilgan.
Ushbu qoʻzgʻolonni qoʻzgʻatgan ixtiro 1801-yilda Jozef-Mari Jakkard tomonidan yaratilgan jakkard toʻquv dastgohi edi. U dastgohdagi naqsh tushirishni boshqaradigan perfokartalar tizimini ishlab chiqdi; tabiiy ravishda ularni „jakkard kartalari“ deb ataydi.
Hukumat jazolari oʻta qattiqligi sabab, XVIII asrning quyi tabaqa aholisi qirol yoki hukumatga ochiqdan-ochiq sodiq boʻlmasa-da, va zoʻravonlik harakatlari kamdan-kam uchragan. Aksariyat odamlar birinchi navbatda oʻzlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish bilan ishlashgan. Oʻsha paytda ingliz toʻqimachilik fabrikalarida ish sharoitlari ogʻir edi, ammo malakali hunarmandlarning turmush tarziga tahdid soladigan darajada taʼsir koʻrsatar edi. Yangi ixtirolar toʻqimachilik mahsulotlarini tezroq va arzonroq ishlab chiqardi, chunki ular kam malakali, kam maoshli ishchilar tomonidan boshqarildi va ludditlarning maqsadi ish beruvchilar bilan yaxshi savdo pozitsiyasiga ega boʻlish edi.
Kevin Binfild toʻquvchilarning uyushtirilgan harakatlari 1675-yildan beri turli vaqtlarda sodir boʻlganligini taʼkidlaydi va u XIX asr boshidagi harakatlarni, mashinalarga butunlay nafrat tushnchasidan koʻra, Napoleon urushlari paytida ishchilar sinfi boshidan kechirgan qiyinchiliklar uchun norozilik harakati sifatida koʻrishni taklif qiladi. Oziq-ovqat narxlarining tartibsiz oʻsishi 1710-yilda Kilmenlarning Tayn portida qoʻzgʻoloniga olib keldi va qalay konchilar 1727-yilda Falmutdagi don omborlariga oʻgʻrilikka tushishdi. 1740-yilda Nortumberlend va Durhamda qoʻzgʻolon koʻtarildi va 1756 yilda Quakerda makkajoʻxori sotuvchilarga ham hujum qilindi. Gazlamachilik, qurilish, kemasozlik, matbaachilik va qandolatchilik kabi sohalardagi mohir hunarmandlar ishsizlik, kasallik va hunarmandchilikka chet el ishchilarining kirib kelishidan oʻzlarini tinch yoʻl bilan sugʻurta qilish uchun doʻstlik jamiyatlarini tashkil qilganlar.
Zamonaviy foydalanish
Hozirgi kunda „Luddit“ yoki „luddizm“ atamasi koʻpincha yangi texnologiyalarga qarshi yoki qarshilik koʻrsatuvchi odamni tasvirlash uchun ishlatiladi.
1956-yilda Britaniya parlamentidagi munozaralar chogʻida leyboristlar vakili "uyushgan ishchilar har qanday holda „Luddit falsafasi“ga toʻlaqonli ishonmagan", deya ushbu atamani eslab oʻtadi. 2006-yilga kelib, neo-Luddizm atamasi texnologiyaning koʻp shakllariga qarshilikni ifodalash uchun ishlatila boshlandi. Ikkinchi Luddit Kongressi tomonidan tuzilgan manifestga koʻra (1996-yil aprel; Barnesvill, Ogayo shtati), neo-Luddizm, bu -"isteʼmolchilikka va kompyuter asrining tobora gʻalati va qoʻrqinchli texnologiyalariga passiv qarshilik koʻrsatishning yetakchisiz harakati".
" Luddit xatosi " atamasi iqtisodchilar tomonidan texnologik ishsizlik muqarrar ravishda tarkibiy ishsizlikni keltirib chiqaradi va natijada makroiqtisodiy zarar keltrishi haqidagi qoʻrquvga nisbatan qoʻllaniladi. Agar texnologik innovatsiya maʼlum bir tarmoqda zarur mehnat sarfini kamaytirishga olib keladigan boʻlsa, u holda ishlab chiqarishda mahsulot tannarxi pasayadi, bu esa raqobatbardosh narxni ham pasaytiradi va muvozanatli taklif nuqtasini oshiradi, bu nazariy jihatdan yalpi mehnat sarfini koʻpaytirishni talab qiladi. XX asr va XXI asrning birinchi oʻn yilligida iqtisodchilar orasida uzoq muddatli texnologik ishsizlikka ishonish haqiqatan ham notoʻgʻri ekanligi haqidagi fikr mutlaq qarashga ega edi. Hozirgi vaqtda sanoatni avtomatlashtirishning afzalliklari butkul teng taqsimlanmagan degan fikrni qoʻllab-quvvatlovchilar koʻpchilikni tashkil qiladi.
Shuningdek koʻrish mumkin
Tushuntirish eslatmalari
Manbalar
Birlamchi manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org