Lucy Hutchinson
Lucy Rose Hutchinson (talaffuzi: Lusi Rouz Hatchinsn; 18-iyul, 2003-yil, London, Angliyada tugʻilgan) — Ridley Scottning Prometheus filmida yosh Elizabeth Shaw rolini ijro etishi bilan mashhur boʻlgan ingliz aktrisasi.
Biografiyasi
Hutchinsonning birinchi aktyorlik tajribasi 2008-yilda Jacqueline Wilsoning 2001-yilgi yozilgan xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan Dustbin Baby filmida paydo boʻladi. Dustbin Baby filmida fleshbeklarda koʻrilgan aprel oyi qahramonining yosh talqinini gavdalantiradi.
Hutchinson suratga olish vaqtida besh yoshda edi va uni rejissyor Juliet May „men uchratgan eng ajoyib besh yoshli bolalardan biri“, deya taʼriflagan hamda „u umuman rollarini tabiiy ijro etadi“, deya qoʻshimcha qiladi.
Dustbin Baby filmida paydo boʻlishidan oldin, Hutchinson bolalar uchun mahalliy drama guruhida qatnashgan va jamoa bilan roʻyxatdan oʻtgan. Uning otasi qizining roli haqida:
Qizalogʻim toʻgʻri joyda toʻgʻri paytda boʻlgani uchun olingan“.. U nihoyatda omadli edi, lekin bu uning muvaffaqiyatga erishganiga xalaqit bermaydi"[4].
Dustbin Baby chiqqandan soʻng, Hutchinson Britaniyaning EastEnders, Doc Martin va Psychoville teledasturlariga taklif qilinadi. Aktrisa filmlardagi debyutini " Prometey " filmi uchun sahnalarni suratga tushganida amalga oshiradi. Bunda u bosh qahramon Elizabeth Shawning yoshligini gavdalantiradi.
Hutchinson oʻz debyuti haqida:
Bu juda yaxshi boʻldi va menimcha, bu tajriba oʻlaroq ham juda ajoyib. Biz Pinewoodda suratga tushayotgan edik, bu juda katta joy va bu menga u yerda yana qanday toʻplamlar qurilayotganini koʻrishga imkoniyat yaratib berdi. Bu esa juda yaxshi. Men hech qachon katta jamoada boʻlmaganman, shunchaki juda ham hayonlandim. Bilaman, bu katta sahna edi, Ridley Scott menga bu juda katta sahna ekanligini aytdi. Men oʻzimga juda ishonardim va shunchaki „ha, men buni qilaman“ deb oʻyladim.", deya intervyu beradi[5]
Keyinchalik Hutchinson radio, sahna va televideniyeda chiqish qiladi, jumladan, Little Crackers, The Politician's Husband, Not Going Out hamda Inside No. 9 filmlarida. U Dani's Castle va The Kennedys komediyalarida bosh rollarni ijro etgan. Hutchinson Croydonda istiqomat qiladi va maktabda oʻqiydi. U ota-onasi, Gary va Anna hamda akasi bilan yashaydi.
Filmografiyasi
Kino va televideniyedagi rollari
Sahnalarda
Radioda
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org