Lucy Graham




Lucy Graham (talaffuzi: Lusi Grahem; 1996-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi, Shotlandiya terma jamoasi va FA WSL Everton klubi yarim himoyachisi. Avvalroq Shotlandiyaning Forfar Farmington va Hibernian, Shvetsiyaning Mallbeckens va Angliyaning Bristol City klublarida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati



Forfar Farmington (2012-2013) va Hibernian (2013-2015)



Graham oʻzining katta faoliyatini 2012-yilda Forfar Farmingtonda boshlagan. Oʻzining birinchi mavsumida u klubga SWPLda ikkinchi oʻrinni egallashga va Shotlandiya ayollar kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. U oʻyinlari tufayli „Yilning eng yaxshi oʻyinchisi“ nominatsiyasini qoʻlgan kiritdi.

2013-yilning yozida u Forfar Farmingtonni tark etib, Hibernianga qoʻshildi.

Mallbackens (2015)



2015-yil iyul oyida Graham Hibernianni tark etib, Shvetsiyaning Mallbackens klubiga qoʻshildi.

Hibernianga qaytish (2016-2018)



2016-yil yanvar oyida Graham Hibernianga qaytdi. 2016-yilning 5-oktyabr kuni u UEFA Ayollar Chempionlar Ligasidagi debyutida jamoasi Bayernni 0:6 hisobida magʻlub etdi. Hibernianning 2017—2018-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida muhim rol oʻynadi va uchta oʻyinda toʻrtta gol urdi.

Bristol City (2018-2019)



Graham Bristol Cityga 2018-yil iyul oyida kelib qoʻshilgan. 2018-yilning 19-avgustida u FA WSL kubogida Lesicester Cityga qarshi debyut oʻyinida ikkita gol urdi. 2018-yil 9-sentyabrda u ligadagi debyutini oʻtkazdi va Brighton & Hove Albion ga qarshi oʻyinda (1:0) gʻalaba golini kiritdi. U ligada yettita gol va barcha musobaqalarda oʻn ikkita gol bilan jamoaning yetakchi toʻpurari sifatida mavsumni yakunladi. 2019-yil may oyida Graham Bristolning bir mavsumdan soʻng tark etishi eʼlon qilindi.

Everton (2019-)



2019-yilning 4-iyulida Everton Graham bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati



Graham 2017-yilning aprel oyida Belgiya bilan oʻrtoqlik oʻyini uchun Shotlandiya terma jamoasiga kiritilgan edi. 2017-yil 14-sentyabrda u Vengriyaga qarshi oʻyinda (3:0) toʻliq oʻynab, terma jamoadagi debyutini qildi.

Yutuqlari



Hibernian



Gʻolib

Ikkinchi oʻrin egasi

Forfar Farmington



Ikkinchi oʻrin egasi

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz