Luck Young




Luk Pol Yang (inglizcha: Luck Paul Young) 1979-yil 19-iyul Angliyada tugʻilgan. Pol Yang ingliz futbolchisi boʻlib, maydonda himoyachi vazifasini bajargan.

Faoliyati



Yang oʻz faoliyatini 1997-yilda „Tottenxem“ da oʻynab boshlagan va 58 oʻyinda maydonga tushgan, asosan burchak himoyachisi vazifasini bajargan. 2001-yilda 4 million funt sterling evaziga „Charlton Athletic“ga oʻtgan.

„Tottenxem“dan koʻchib oʻtgandan soʻng, Yang „Charlton“ libosida 180 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi va Mark Fish, Xorxe Kosta va Jonatan Fortyun kabilar bilan himoyada oʻynagan. 2005-yilning bahorida u muxlislar tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlangan.

2006-yil 19-iyulda Yang „Charlton“ bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzolagan. Biroq, „Charlton“ 2006/07-yilgi mavsumda keskin pasayib ketdi va mavsum davomida 3 nafar murabbiyni almashtirganiga qaramay, Premer-ligadan tushib ketdi va 19-oʻrinni egallagan. Yang oʻzini transferga qoʻyishni talab qildi, bu klub rahbariyati tomonidan qabul qilindi. 2007-yilning iyul oyida u 2,5 million funt sterling evaziga „Midlsbro“ga koʻchib oʻtdi .

Yang „Midlsbro“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U Premer-liganing 4-turida „Newcastle United“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U klubdagi birinchi va yagona golini 2007-yil 3-noyabrda sobiq jamoasi „Tottenxem“ga qarshi o‘yinda kiritgan. 2008-yil 7-avgustda „Aston Villa“ 6 million funt sterling evaziga oʻtgan.

„Aston Villa“ bilan Luk 3 yillik shartnoma imzoladi. U Premer-liganing 2008/09-yilgi mavsumida „Manchester City“ ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Oʻng qanot himoyachisi sifatida bir nechta muvaffaqiyatli oʻyinlardan soʻng, Yang „Aston Villa“ muxlislari orasida eng sevimli futbolchiga aylangan.

2011-yil 29-avgustda Yang „Queens Park Rangers“ bilan shartnoma imzolagan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz