Lucid Air




Lucid Air  – Lucid Motors tomonidan ishlab chiqarilgan 4 eshikli sedan kuzovidagi elektromobil. 2016-yil dekabr oyida eʼlon qilingan va 2021-yildan sotuvga chiqarilgan boʻlib, Tesla Model S, Fisker Karma, Porsche Taycan, shuningdek, Mercedes-Benz, BMW va Audi tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa hashamatli elektr avtomobillari bilan raqobatlashishga moʻljallangan.

Lucid Air Dream Editionning EPA diapazoni taxminan 840km. Avtomobil prototipi 2020-yil sentabr oyidada taqdim etilgan, ishlab chiqarish esa 2021-yil oxirida boshlangan.

2020-yil noyabr oyida Lucid Air Pure modeli 480 ot kuchi, 77400 AQSh dollari miqdoridagi boshlangʻich narx va Pure, Touring, Grand Touring, Dream Edition kabi bir nechta modifikatsiyalar bilan taqdim etilgan.

Tarixi



Lucid Air modeli 2010-yillarning boshida loyihalangan boʻlishiga qaramasdan, birinchi prototip 2016-yilda, ishlab chiqarishga moʻljallangan versiya esa 2020-yil sentabrida ommaga taqdim etilgan va 2021-yildan boshlab ishlab chiqarilishi aytilgan.

Lucid 2016-yil 2-dekabrda Samsung SDI bilan akkumulyator yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz