Luciano Vietto




Luciano Vietto (talaffuzi: Lusiano Vietto; 1993-yil 5-dekabrda Argentinaning Kordoba shahrida tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Al-Hilal“ futbol klubida hujumchisi.

Klublardagi faoliyati



Luciano Vietto „Independiente de Balnearia“ va „Estudiantes“ futbol maktablari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yilgacha „Racing“ murabbiyi Klaudio Vivas futbolchini klubning yoshlar jamoasiga taklif qilgan. 2011-yil 27-oktabrda „Lanús“ futbol klubiga qarshi Vyetto Argentina premyer ligasida ilk o‘yinini o‘tkazgan. Keyingi mavsumdan boshlab Luciano „Vietto“ jamoaning asosiy hujumchisiga aylangan. 2012-yil 4-sentabr kuni „San Martín“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda hujumchi „Racing“ futbol klubi safida ilk gollarini urib, xet-trik qayd etgan.

2014-yilning yozida Luciano Vietto Ispaniyaning „Villarreal“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 5,5 million yevroni tashkil qilgan. U La Ligadagi debyutini 24-avgust kuni „Levante“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan va ikkinchi boʻlimda Jovani dos Santos oʻrniga maydonga tushgan. 21-sentabr kuni „Rayo Vallecano“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Luciano Vietto ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan.

2015-yilning yozida Luciano Vietto „Juventus“ futbol klubiga ketgan Mario Manjukich oʻrniga „Atlético Madrid“ futbol klubiga oʻtgan.

21-avgust kuni „Espanyol“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Luciano Vietto yangi jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Luciano Vietto „Sevilla“ futbol klubi safidagi ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan.

2017-yil qishda „Valencia“ futbol klubi Luciano Viettoni 2017—2018-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olganini eʼlon qilgan. 6-yanvar kuni „Girona“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda Santi Mina oʻrniga maydonga tushgan va yangi klubda debyut qilgan. 11-fevral kuni „Levante“ futbol klubiga qarshi bahsda Luciano Vietto „Valencia“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati



2012-yil dekabr oyida Luciano Vietto Argentina yoshlar terma jamoasining Amerika kubogi musobaqasiga qatnashadigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan. Turnirda u Chili, Paragvay, Boliviya va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Boliviyaliklar va paragvayliklarga qarshi bahslarda Luciano Vietto ikkita gol urgan.


Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz