Luciano Narsingh




Luciano Narsingh (talaffuzi: Luchano Narsing; 1990-yil 13-sentabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Ekstraklasa vakili Miedź Legnicada oʻynaydi. 2012-yilda Gollandiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida ishtirok etgan.

Klublardagi faoliyati



Heerenveen



2008-yilda Narsingh SC Heerenveen bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. 2008-yilning 29-oktyabrida Erediviziyada Vitessega qarshi oʻyinda (2:0) jarohat olgan Danijel Pranjić oʻrniga maydonga tushib debyut qildi. 2009—2010-yilgi mavsumda Narsingh bor-yoʻgʻi ikki marta maydonga tushdi. 2011—2012-yilgi Erediviziya mavsumida Narsingh 20 ta golli uzatma bilan Erediviziyadagi eng yaxshi assistent boʻldi. 2012-yil 15-iyulda PSV Narsinghni 4,1 mln yevro evaziga sotib oldi.

PSV



Narsinghning birinchi mavsumining birinchi yarmi nihujumchi oltita gol va beshta golli uzatma bilan yakunladi. Mavsum oxirida, ammo Narsingh NAC Bredaga qarshi oʻyinda jiddiy jarohat oldi va bu uni mavsumning qolgan qismida oʻyay olmasligiga sabab boʻldi. Narsingh 2013-yil oktabr oyida formasiga qaytdi.

Swansea City



2017-yilning 12-yanvarida Narsingh Premyer-liganing Swansea City klubi bilan 4 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi. Watfordga qarshi oʻyinda bitta gol urdi. Shartnoma muddati tugagach, 2019-yilning 18-mayida klubdan ketishi maʼlum boʻldi.

Feyenoord



2019-yilning 5-iyulida Narsingh Eredivizionning Feyenoord klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. 2019—2020-yilgi Yevropa Ligasi uchinchi saralash bosqichida Dinamo Tbilisiga qarshi oʻyinda (4:0) klubdagi birinchi golini kiritdi.

Twente (ijara)
2021-yil 22-yanvarda Narsingh Twentega olti oylik ijara shartnomasi asosida oʻtdi.

Xalqaro faoliyati



Niderlandiyada tug‘ilgan Narsingh asli hind-surinam millatiga mansub. 2012-yil fevral oyida Gollandiya milliy futbol jamoasiga Angliyaga qarshi oʻyin uchun taklif qilindi. 7-may kuni UEFA Yevro-2012 turnirida qatnashadigan 36 nafar futbolchining vaqtinchalik roʻyxatiga kiritildi. Xalqaro maydondagi norasmiy debyutini Bayernga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 30-may kuni Slovakiyaga qarshi uchrashuvida rasmiy debyut qildi.

Narsingh 2012-yilning 15-avgustida Belgiyaga qarshi o‘yinda (4:2) xalqaro maydondagi ilk golini kiritdi. Gollandiya terma jamoasining 2014-yil Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan. To‘rtta o‘yinda bir gol urgan va uchta golli uzatma bergan.

Faoliyat statistikasi



Klub



28-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[15]

Xalqaro gollar




Yutuqlari



Klub



PSV

Individual




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz