Lucas Quarta
Lucas Martínez Quarta (talaffuzi: Lukas Martines Kvarta; 1996-yil 10-mayda tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Fiorentina“ futbol klubi va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
Lucas Quarta „River Plate“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yilning 21-noyabrida Lucas Quarta Argentina premyer ligasida „Newell’s Old Boys“ futbol klubiga qarshi debyut qildi. 2017-yil 22-iyun kuni „Aldosivi“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Lucas Quarta „River Plate“ safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan. Klub bilan Lucas Quarta ikki marta Argentina kubogini yutgan . 2018-yilda Lucas Quarta „River Plate“ futbol klubi bilan Argentina Superkubogi va Libertadores kubogini qoʻlga kiritdi. 2020-yilda Lucas Quarta Italiyaning „Fiorentina“ jamoasiga oʻtib, 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 6 million yevroni tashkil qildi. 25-oktabr kuni „Udinese“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Lucas Quarta Italiya A seriyasida debyut qildi. 2021-yil 7-mart kuni „Parma“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Lucas Quarta „Fiorentina“ futbol klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan.
Xalqaro faoliyati
2019-yil 6-sentabrda Lucas Quarta Argentina terma jamoasi safida Chiliga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi.
2021-yilda Lucas Quarta Amerika kubogi gʻolibiga aylandi. Turnirda u Chili terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org