Lucas Masoero




Lucas Gabriel Masoero Masi (talaffuzi: Lukas Gabriel Masoero Masi; 1995-yil 1-fevralda Mendoza shahrida tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Pari Nizhny Novgorod“ klubi himoyachisi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati



Lucas Masoero „Independiente Rivadavia“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilning 8-iyulida „Estudiantes de San Luis“ jamoasiga qarshi oʻyinda Argentina Milliy Premyer ligasida debyut qildi. 24-iyul kuni „Los Andes“ futbol klubiga qarshi bahsda Lucas Masoero „Independiente Rivadavia“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi. Ammo, 2017-yilning yozida malaka oshirish maqsadida Lucas Masoero Argentina uchinchi divizionidagi „Deportivo Maipú“ futbol klubiga oʻtdi va bu jamoa tarkibida mavsum oxiriga qadar oʻynagan. Hamda, 2018-yilning yozida Lucas Masoero „Lokomotiv Plovdiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 22-sentyabr kuni poytaxtninng „Septemvri“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Lucas Masoero Bolgariya chempionatida debyut qildi. Shu bilan bir qatorda, klub safida Lucas Masoero ikki marta Bolgariya kubogini qoʻlga kiritdi. 2020-yilning 22-noyabr kuni Moskvaning „CSKA“ jamoasiga qarshi bahsda Lucas Masoero „Lokomotiv Plovdiv“ safidagi ilk golini urdi. Oʻsha yili Lucas Masoero Bolgariya Superkubogini qoʻlga kiritgan.

Shuningdek, 2021-yilning yozida Lucas Masoero Rossiyaning „Pari Nizhny Novgorod“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi va jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 26-iyul kuni „Sochi“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Lucas Masoero Rossiya Premyer ligasida debyut qilgan.

Jamoalari




Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz